yetmog‘imiz darkor. Bu borada Prezidentimiz I. Karimov ta’kid-
laganlaridek, diplomga ega bo‘lish — bu hali tom m a’nodagi
komil, ziyoli odam degani emas. Komil, ziyoli odam o‘z tafakkur
saviyasi, pok yuragi, ichki madaniyati bilan mutlaqo bo‘lakcha
inson bo‘ladi.
Shunday ekan, komil inson deganda biz, eng avvalo, ongi
yuksak,
mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga
ibrat bo‘ladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Bunday
sifatlarga ega bo‘lgan odam har narsani aql, mantiq tarozisiga
solib ko‘rib, o‘z fikrini, o‘yini, xulosasini mantiq asosida quradi.
Madaniyat barkamol insonni shakllantirish vositasidir. Biz
pedagoglar, ota-onalar, tarbiyachilar ham talaba-yoshlarda ado-
latparvarlik,
vatanparvarlik, teran aql-idroklilik kabi m a’naviy
sifatlarni tarbiyalashda o‘z mehnatimizni ayamasligimiz, butun
kuch-quvvatimizni ishga solishimiz kerak. Buning uchun, eng avvalo,
inson fazilatlarining o‘zaro munosabatlarini va o‘rnini aniqlab ol-
mog‘imiz lozim. Insonning ma’naviyati uning odobi, xulqi, mada-
niyatidan tashkil topadi. M a’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy,
iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar
o‘z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib bori-
shiga olib keladi. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuyidan
iboratdir.
Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi
axloqiy kategoriyadir. Fazilat — axloqiy shaxs, el, elat,
xalqqa
taalluqli bo‘lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmuyidir.
Komil inson g‘oyasi — ham milliy, ham ma’naviy, ham umum
bashariy mohiyatga ega bo ‘lgan, odamzotga xos eng yuksak
ma’naviy va jismoniy mukammallikni o‘zida mujassam etgan, uni
hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob g‘oyadir. Bu g‘oya na-
faqat alohida shaxslarni, balki butun-butun xalqlarni yuksak taraq
qiyot sari yetaklagan, ularni ma’naviyat va ma’rifat sohasida teng-
siz yutuqlarga ilhomlantirgan.
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga yetka-
zish haqida qayg‘urmagan xalqning kelajagi yo‘q.
Insonning insonligi, birinchi navbatda, uning ma’naviy-axlo-
qiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. M a’naviy-
axloqiy tarbiya tushunchasi keng qamrovlidir. M a’naviy-axloqiy
barkamol
inson ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas,
49
butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari, mahalla-ko‘yi, qishloq-
doshlari va butun mamlakat xalqi farovonligi haqida qayg‘uradi;
tevarak atrofini o‘rab olgan insonlar unga kerak bo‘lgani singari,
o‘zi ham ularga kerakli kishi bo‘lishga intiladi; odob-axloqi, fe’l-
atvorini yoqimli qilishni
insoniy burch deb hisoblaydi; ota-
bobolaridan yodgor bo‘lib qolgan madaniy merosni qadrlaydi;
milliy qadriyatlarni e’zozlaydi va ularga sodiq bo ‘lib qoladi;
vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari barqaror
bo‘ladi; o‘zaro muomala-munosabatda o‘rnak bo‘lishga moyil
bo‘ladi; birovning og‘irini yengil qilishni odat qiladi; umumxalq
m a’qullagan va hukumat tomonidan qonuniy qabul qilingan
Konstitutsiyani hurmat qiladi va
unga sadoqat namunalarini
amalda ko‘rsatadi; Vatanini himoya qilish, boshqacha aytganda,
harbiy vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashaydi; diyonat va adolat,
mehr-shafqat va ezgulikni himoya qiladi, va’daga vafoli bo‘lishni
o‘ziga kasb qilib oladi.
Gap ma’naviy-axloqiy tarbiya, madaniyat to ‘g‘risida borar
ekan, VI—XIX asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod qilgan Abu
Nasr Forobiy,
Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Termiziy, Abu
Rayhon Beruniy, Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek, Ali
Qushchi,
Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Samarqandiy,
Nodira, Muqimiy, Komil Xorazmiy, Amir Temur, Furqat, Anbar
Otin, Behbudiy, Siddiqiy singari qomusiy olimlarning inson ma’na-
viyatini va tafakkur dunyosini boyitishga, insoniyat ongini, mada-
niy-ma’rifiy qarashlarini o‘stirishga o‘z umrlarini baxshida qil-
ganlarini eslash kifoya.
Ular sharqona odob-axloq talablari asosida komil inson, ado-
latli jamiyat va davlatni shakllantirishning ma’naviy asosini yara-
tishga muvaffaq bo‘ldilar.
Komil Xorazmiy o‘zining ta ’lim-tarbiyaga oid qarashlarida
inson oliy maqsadga erishishi, adolatli jamiyat
qurishi uchun
ma’naviy qadriyatlar vositasida uning tafakkurini shakllantirish,
mantiqiy fikrlashini rivojlantirish lozim, degan g‘oyani ilgari su-
radi. Uning fikricha, inson o‘z faoliyatida aql-idrokka, tafakkur
quvvatiga tayanib ish ko‘rmog‘i lozim.
Alisher Navoiyning pedagogika falsafasida kishilarning ma’na
viy dunyosini belgilovchi fazilat insonparvarlikdir, deyilgan. Allo-
ma tasvirida ma’rifatli, adolatli, har qanday noaxloqiy sifatlardan
xoli, yuksak tafakkurli inson ma’naviy yetukdir.
50
Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir,
Va barcha hammalar uchun yoqimlidir.
U mansabdor kishilardan go‘zalroq va
Badavlat odamlardan hurmatliroqdir.
Dostları ilə paylaş: