egadir. Ana shu munosabatlarni shakllantiradigan va unda fao
liyat ko‘rsatadigan kadrlarning ichki dunyosi — «Meni» yuksak
ideallar, milliy qadriyatlar asosida qaror topishi uchun ta’lim-tar-
biya tizimining butun yo‘nalishi insonparvarlik g‘oyasi
bilan
sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Ya’ni bozor iqtisodi munosabatlari
odamda hayvoniy hirslar rivoji uchun emas,
aksincha, insoniy
fazilatlar to‘la ravishda ro‘yobga chiqishiga xizmat qilsin. Bosh-
qacha aytganda, bozor iqtisodiy munosabatlarini shakllantirish,
huquqiy demokratik davlat barpo etish,
erkin fuqarolik jamiyatini
shakllantirishga pirovard ijtimoiy maqsad emas, balki har tomon-
lama kamol topgan, imon-e’tiqodli, yuksak madaniyatli insonlar-
ni voyaga yetkazish, ularning o‘z qobiliyatlari, iste’dodlarini erkin
ro‘yobga chiqarish uchun qulay sharoit sifatida qaralmog‘i lozim.
To‘rtinchidan, ta’lim va tarbiyaning uzluksiz jarayoni inson
parvarlik tamoyillari asosida rivojlanishining nazariy va ilmiy
jihatlari shu sohada mehnat qilayotgan kadrlarning ongi va qalbi-
dan zarur darajada o‘rin olishi kerak. Ta’lim-tarbiyani «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» bo‘-
yicha belgilangan vazifalar asosida amalga oshirish lozim.
3.3. MILLIY ISTIQLOL G‘OYASINING YOSHLAR
TARBIYASIDAGI
AHAMIYATI
Milliy istiqlol g‘oyasini, O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot
strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasi-
dagi maqsad-muddaolarini yoshlar qalbi va ongiga singdirishning
muayyan tizimi va ustuvor yo‘nalishlari mavjud. Bunda jamiyat
hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘i-
bot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foyda-
lanish taqozo etiladi.
Milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda har bir ota-ona o‘z far-
zandining maktabgacha tarbiyasi uning keyingi taraqqiyot davrida
qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tar
biyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishi nihoyatda mu
him (15- chizma).
Bunda oila va ta’lim muassasalari tizimining izchil uyg‘unla-
shuviga erishish zarur. Bu davrdagi barcha bevosita ta’lim beruv-
chi muassasalar (maktablar, litsey,
kasb-hunar kollejlari, oliy
o‘quv yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Barcha
54