Ismailova zuxra karabayevna



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/45
tarix08.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131286
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Pedagogika

y o ‘l)
— bu 
o‘qituvchi (tarbiyachi) va jamoa tomonidan g‘oyaviy-ma’naviy 
e’tiqodlarni, m a’naviy his-tuyg‘u va odatlarni tarkib toptirish 
maqsadida qo‘llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta ’sir ko‘rsatish 
usullari demakdir. Bu usullar o‘quvchi (tarbiyalanuvchi)ning o‘z 
shaxsini takomillashtirish borasidagi harakatni tashkil etishni 
ham nazarda tutadi. Shu bois hozirgi zamon pedagogikasida 
tarbiya metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning tarbiyaviy vazifa- 
larni hal qilishga qaratilgan o‘zaro bog‘langan, birgalikdagi fao­
liyati usuli sifatida ko‘rib chiqiladi.
O‘quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabat­
da bo‘ladilar. Bu ularning individual xususiyatlariga, tarbiyalan- 
ganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o‘rinli va 
samarali tanlangani hamda mohirona qo‘llanilganligiga bog‘liq. 
Tarbiya metodlarini to ‘g‘ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal 
qilishda, o ‘quvchilarning o ‘z -o ‘zini tarbiyalash va faolligini 
oshirishda yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni ista- 
gan har bir o‘qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning 
mohiyatini puxta o‘zlashtirib olishi zarur (22- chizma).
Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsning e’ti- 
qodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga 
ma’naviy (axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, jismoniy, ekologik, 
iqtisodiy va h. k.) mazmundagi suhbatlar, hikoyalar, ma’ruzalar 
hamda namuna ko‘rsatish metodlarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida o‘quvchida m a’naviy 
mazmunga ega odatlar hosil qilinadi. O‘quvchi xulqida ijtimoiy 
tarbiyaning mazmuniga muvofiq m a’naviy odatlar, asosan, fao- 
liyat zaminida tarkib topadi.
Faoliyat o‘quvchilarni ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq- 
atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba hisoblanadi.
Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi 
ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalarning bajarilishi, ya’ni
82



Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin