Ismailova zuxra karabayevna



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/45
tarix08.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131286
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Pedagogika

N. G‘aybullayev 
va boshq. Pedagogika. — T.: O‘MU, 2005. 
3—42-betlar.
6. 
Z. K. Ismailova, A. A. Shayusupova. 
Pedagogikadan ma’ru- 
zalar matni. — T.: TlMl, 2005. 3—25-betlar.
7. A. Q. Munavvarov. Pedagogika. — T.: «O‘qituvchi», 1996.
8. 
B. Ziyomuhamedov, Sh. Abdullayeva. 
Pedagogika. — T.: 
O‘ME davlat ilmiy nashriyoti, 2000. 3—22-betlar.
9. 
Z. K. Ismailova. 
Pedagogikadan amaliy mashg‘ulotlar. — T.: 
«Fan», 2001. 3—25-betlar.
22


II 
BOB
PEDAGOG IKADA SHAXS
MUAMMOSI________________
2.1. MUTAXASSIS SHAXSINI SHAKLANTIRISHNING 
PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK ASOSLARI
Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga qadar individ sanala- 
di. «Individ» — lotincha «individuum» so‘zidan kelib chiqqan 
bo‘lib, «bo‘linmas», «ayrim shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi. 
Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir.
Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. 
G o‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi, biroq bu 
harakatlar keyinchalik shartli reflekslar bo‘lib, ongli ravishda 
emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz 
beradi.
G o‘dakda nutq paydo bo‘lishi, shuningdek, u bajarayotgan 
harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy 
munosabatlar jarayonidagi ishtiroki shaxs shakllanishining dast- 
labki bosqichi sanaladi.
Shaxc deganda muayyan jamiyatning a ’zosi tushuniladi. 
Odam shaxs bo‘lmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z 
xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan ajralib turishi lozim.
Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zi- 
ning xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, 
ehtiyoji va mehnat faoliyatiga nisbatan shaxsiy munosabati bilan 
boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyat- 
laridir. Mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yet- 
sagina, u mukammal shaxs sifatida namoyon bo‘ladi va ijtimoiy 
munosabatlar jarayonida o ‘z o‘rnini topadi.
Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak, degan savol tug‘ili- 
shi tabiiy. Buning uchun odamga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sha- 
roitlari (muhit) va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda nasliy 
xususiyatlarning takomillashib borishi odamning rivojlanib, shaxs 
sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.
Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomon- 
lama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishi-
23


ning umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni
rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. 
Shuningdek, shaxs faolligining o‘rni va rolini ham o‘rganishi lozim.
Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini juda ko‘p ishlatdik. 
Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondashib, ta ’rif berishga 
harakat qilamiz. Odam biologik mavjudot sanaladi, uning rivojla- 
nishiga tabiiy qonunlar, biologik va ijtimoiy qonuniyatlar ta’sir 
etadi, insonning kamol topishiga zamin yaratadi. Bulardan tash- 
qari, komil inson bo‘lib yetishuvda aniq maqsad uchun bo‘lgan 
xatti-harakat, iroda sifatlari asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf 
etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham mu- 
him ahamiyatga ega.
Anatomik va fiziologik xarakterdagi o‘zgarishlar, ya’ni odam 
bo‘yining o‘sishi, gavda og‘irligining ortib borishi, gavda tuzilishi- 
ning o‘zgarishi, qon bosimi, o‘pka siqishi, tayanch-harakat appara- 
tining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlaridir.
Bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira 
darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning 
rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy-psixologik rivojlanishga 
taalluqlidir.
Shaxs rivojlanishida u yoki bu faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, 
mehnat va boshqalar), turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maq­
sadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, ularning 
samaradorligi va h. k.), shuningdek, muomala hamda kishilar o‘rta- 
sidagi ijtimoiy munosobatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy me’yor- 
larga bo‘ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ul- 
lik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga egadir.
Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivoj­
lanib, taraqqiy etib borishi ham muhim. Mana shu sifatlarni ang­
lash va ularni to ‘g‘ri aniqlash uchun uni turli munosabatlar 
jarayonida o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Demak, shaxs ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli 
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudotdir (7- chizma).
Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va keyin hosil qilin- 
gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va 
psixologik xususiyatlar, faoliyat va xatti-harakatning miqdoriy va 
sifatiy o ‘zgarishi jarayonidir.
Pedagogikada «Shaxs» tushunchasi «Inson» tushunchasidan 
farqli o‘laroq, insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi, ya’ni
24



Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin