Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Ko‘nikma
– malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ay rim 
qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajari lish 
qobiliyatini ifodalaydi va o‘quvchi – talabalarda ko‘p marotaba takror-
lanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘in disidir.
Malaka
– tahsil oluvchilarning bilim egallash va mehnat jarayoni da -
gi harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maq sad ga 
muvofiq shakllantirish va shu orqali o‘qish hamda meh nat faoliyatida 
ijobiy natijalarga erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘li shi dir. Iqtidor va 
ko‘nikma mashq qilish hamda takrorlash orqali ma la kaga aylanadi. Turli 
malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish ham da kasbiy malakalar 
rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy ta’lim ning mutloq ko‘rinishi 
mahorat bilan belgilanadi. 
Mahorat
– bu murak kab ishni tez, aniq ba-
jarishning yengilligi, mehnatning yuqori sifati va barqaror maromidir.
Ta’lim jarayonida tahsil oluvchilar muayyan ma’lumotga ega 
bo‘ladilar. 
Ma’lumot
– ta’lim, tarbiya natijasida olingan va tizim lash-
ti rilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakl lan-
gan dunyoqarashlar majmuidir. Insonning shaxs sifatida shakl la nishi, 
tarbiyalanishi va ta’lim olishi pedagogik jarayonda sodir bo‘ la di. 
Pedagogik jarayon
– pedagogik kategoriyalardan biri bo‘lib, 
ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati 
ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda
“...tarbiyachining yo‘naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli nati-
jasida tarbiyalanuvchining o‘z-o‘zini taraqqiy ettirishidir”
1
.
1
Tursunov I.I. , Nishonaliev U.N. Pedagogikai. – Toshkent: “O’qituvchi”,2007.– 
17-bet. 
16
Pedagogik faoliyat
– estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy kabi 
maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning 
aqlan o‘ylab ko‘rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo‘lgan 
mehnatining o‘ziga xos turidir. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin