Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Etika va estetika
fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi 
sohasi bo‘yicha ma’lumot beradi. Bu fanlar o‘quvchining axloqi, 
odobi, xulqi me’yorlarini aniqlash, belgilash hamda nafosatli qilish


19
uchun hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag‘bat uyg‘otish 
borasida pedagogika fani bilan aloqadadir. 
Etika falsafaning ahloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita 
bog‘liqdir. Ularni hal etishda pedagogika axloqning umuminsoniy 
qadriyatlariga suyanadi.
Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini shakl-
lantirish, madaniyatga va voqelikka estetik munosabatlari umumiy 
qonuniyatlarini o‘rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash 
uchun xizmat qiladi. Bu asoslarni pedagogika fani ishlab chiqadi
yoshlarni go‘zallikni his qila olish, tushunishga o‘rganish vositalari 
va yo‘llarini belgilab beradi.
Pedagogikaning falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligini, 
hal etadigan ilmiy masalalarning umumiyligini pedagogikaning ijtimoiy 
xususiyati, uning mafkuraviy yo‘nalishga ega ekanligini ta’kidlab turadi. 
Tarbiyaning hamma muammolarini boshqa siyosiy, ijtimoiy masalalar 
bilan bir qatorda hal etish zaruriyatini ko‘rsatib beradi.
Ta’lim oluvchilarga bilim berish, ma’lumotli qilish, tarbiyalash 
maqsadida ularga tizimli ta’sir ko‘rsatishni talab qiladi. Bunda 
psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya’ni ta’sirning 
samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat 
va tafakkur – fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga 
asoslanib, ta’sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniqsa, yosh davrlari 
psixologiyasini, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga 
olgan holda tarbiyalanuvchiga yondashadi va unga samarali ta’sir 
ko‘rsata oladi. Bunda 
psixologiya
turkumidagi fanlar pedagogika 
uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin