Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Birlamchi (dastlabki) taassurot effekti



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Birlamchi (dastlabki) taassurot effekti 
– muloqotning birinchi 
daqiqalari shaxs faoliyatiga baho berish va suhbatning qay tarzda 
kechishiga katta ta’sir ko‘rsatishidir.
Pigmalion (Rozental) effekti – 
shaxsning
 
atrofdagi kishilar undan 
qanday xulq-atvor, qobiliyat, xatti-harakatlar kutsa va unga ishonsa 
ushbu tasavvur va kutish reallikka aylanishini tushuntiradi. 
Proyeksiya effektida
shaxs muloqot jarayonida o‘zidagi o‘y-
fikrlarini, nojoiz istaklarini va qilmishlarini boshqa odamga tegishli 
deb hisoblaydi.
Zeygarnik (tugallanmagan harakatlar) effekti 
muloqot 
jarayonida kishilarning tugallanmagan harakatlari, suhbatlari, 
yakuniga yetganga nisbatan ko‘proq qayta esga tushishini izohlaydi. 
Muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat-
larining ichki psixologik mexanizmini tashkil etib, u hozirgi yangi 
demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini 
yakka tartibda emas, balki birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo 
bo‘lganligini hisobga olinganda, odamlarning mehnat unumdorligi va 
samaradorligini ta’minlovchi muhim omil ekanligini bildiradi.
Muloqot mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajraladi: 
Moddiy
muloqot deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish 


291
vositasi sifatida, ayni paytda shug‘ullanayotgan faoliyatining 
mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash tushuniladi.
Kognitiv
muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida 
narsa va hodisalarni o‘rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida 
o‘zaro bilim almashinuviga aytiladi.
Konditsion
muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayirbosh-
lanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko‘tarishi 
yoki aksincha, ona qizining o‘ksinib yig‘layotgan holatiga yig‘i bilan 
munosabat bildirishi va hokazo.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin