Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Intellektualizatsiya
– mavhum, intellektual terminlarni muhokama 
qilishdan o‘zini uzoqlashtirish sifatida tazyiq soluvchi emotsional 
tang vaziyatdan chiqib ketish uchun o‘ziga xos urinishdir.
Interioretseptiv sezgilar 
– 
ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos 
etuvchi hamda uning retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarida 
joylashgan bo‘ladi. 
Interiorizatsiya –
tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga 
o‘tish ro‘y berishidir.
Intravertlik
– timsollarga, tasavvurlarga, o‘tmish hamda kelajak 
bilan uyg‘unlashgan mulohazalarga taalluqligiga asoslangan holda 
munosabat ifodasidir. 
Iroda
 – 
shaxsning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda 
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini 
ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarishidir. 
Irodaviy harakatlar
– oldindan ko‘zlangan maqsadga erishish 
uchun ongli ravishda amalga oshiriladigan va rejalashtirilgan 
harakatlardir.
Kayfiyat 
– ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga 
tus berib turadigan umumiy hissiy holatni ifoda etib, u aniq bir 
hissiyotga aloqador bo‘lmaydi.
Kauzal atributsiya
– kishining o‘z xatti-harakatlari sabablarini, 
niyatlarini, o‘y-fikrlarini, xulq-atvor motivlarini boshqa kishilarga 
to‘nkash orqali tushuntirishidir.
Kognitiv dissonans
– insonni yangi bilimlarni izlashga
muammolar yechimini topishga chorlovchi hayajonlanish, ajablanish, 
qiziqish, hayratlanish, lol qolish, shubhalanish kabi intellektual 
hisslarning paydo bo‘lishi. 
Konformizm
— shaxsning guruh yoki ko‘pchilikning ta’siriga 
berilishini tushuntiruvchi hodisadir.
314
Kuzatish metodi
– tabiiy metodlar jumlasiga kirib, bunda tashqi 
kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan 
turib kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plash usuli bo‘lsa, o‘z-o‘zini 
kuzatish esa odam o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki hodisani 
o‘zi o‘rganish maqsadida ma’lumotlar to‘plashdir.
Qobiliyat 
– shaxs faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti 
hisoblangan, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida 
yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-
psixologik xususiyatlarga aytiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin