Parapsixologiya –
hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqari-
dagi, tushuntirish qiyin bo‘lgan ekstrosensorika – o‘ta sezuvchanlik,
telepatiya – fikrni masofaga uzatish, kelajakka bashorat qilish va shu
kabi psixik hodisalarni o‘rganadi.
Parishonlik
– diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan
iborat salbiy xususiyat.
Pedagogik psixologiya
– tarbiya va ta’lim muammolarini hamda
shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishi, bilish faoliyatining
va shaxsda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik
muammolarini o‘rganadi.
Proyeksiya –
individ o‘zining nojoiz istaklari va qilmishlarini
boshqa odamga tegishli deb hisoblaydigan xavfli himoya mexanizmi
hisoblanadi.
Proprioretseptiv sezgilar
– tana va gavdaning holati hamda
harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda,
bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan bo‘ladi.
Psixogenetik yondashish
– biogenetik, sosiogenetik omillarning
qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi
darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.
Psixika
– yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati
va miyaning mahsuli bo‘lib, u borliqni sezgi a’zolari orqali
insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib,
bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, his-
tuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z
ifodasini topadi.
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili
– psixik
taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin va muloqot
faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlashda foydalaniladi.
Psixologik himoya
– subyektning mavjud ijobiy holatni saqlashga
yunaltirilgan jarayon va mexanizmlar tizimidir.
|