Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tajriba-sinov metodi
– tajriba (“eksperiment” so‘zi lotincha 
“sinab ko‘rish”, “tajriba qo‘yish” ma’nosini anglatadi) tajriba ishlari, 
asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy 
ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida 
o‘tkaziladi. Tajriba-sinov metodi sharoitga qarab 3 xilda o‘tkaziladi: 
1. Tabiiy tajriba, 2. Laboratoriyaviy tajriba, 3. Amaliy tajriba.
Matematika va statistika metodi
. Ushbu metod ilmiy tadqiqot 
natijasida jamlangan axborotga kompyuter texnologiyalari yorda-


37
mida ishlov berish, statistika ma’lumotlarini jamlash, tahlil qilish, 
qiyoslash umumlashtirishda qo‘llaniladi. Matematik-statistika 
metodiga XX asrning 40-yillarida nemis olimi A.Vald asos soldi. 
Ushbu metod ilgari faqat matematika sohasida qo‘llanilib kelindi 
va XX asrning 50–70-yillarda ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalar 
matematik hisoblash uchun kibernetik mashinalarga taqdim etildi. 
Natijada boshqa fan sohalari ham ushbu metoddan foydalanishdi. 
Kibernetika ishlab chiqarish, texnika, tirik organizmlar, kishilik 
faoliyatini boshqarishning umumiy qoidalari va vositalariga oid 
sarhisob ishlarini amalga oshiradi. Uning mazmuni axborot berish, 
dasturlashtirish, algoritmlar, boshqaruvchi tizim, model yasash singari 
asosiy nazariyalarda o‘zligini namoyon etib, imitativ vazifani bajarar 
edi. Bugungi kunda pedagogikada ilmiy-tadqiqot natijalarini sarhisob 
qilish uchun kompyuterli moslamalardan keng foydalanilmoqda. 
Statistik ma’lumotlarni qayta ishlovchi bir qancha statistik dastur 
paketlari ishlab chiqilmoqda. Bu dasturlar orqali murakkab diagramma 
va grafiklarni chizish, qiyin hisob-kitoblarni bajarishni kompyuter o‘z 
zimmasiga oladi.
O‘qitish nazariyasi, amaliyotda hisoblash matematikasi va 
kompyuterlar yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, dasturli 
ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o‘qitishni mustahkamlash, 
baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, differensial 
va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashina-kompyuterlar 
yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda Bu metod nafaqat 
ta’lim va tarbiya ishlarini olib borishda, balki barcha sohalarda 
faoliyat yuritayotgan boshqaruvchi xodimlar, oilada farzand tarbiyasi 
bilan shug‘ullanuvchi ota-onalar uchun ham, jamoa bilan ishlaydigan 
mutasaddilar uchun ham zaruriydir.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin