Bob yuzasidan nazorat savollari: 1. Pedagogika fanining predmeti, obyekti va uning tibbiyotdagi ahamiyatini izohlab bering. 2. Pedagogika fani qanday maqsad va vazifalarga ega? 3. Pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari)ni tushun- tirib bering. 4. Pedagogikaning inson va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni nimada? 1
И.А.Каримов. Адолатли
жамият
сари. – Т., «Ўзбекистон», 21-23-бетлар.
46
5. Shifokor kadrlarni tayyorlashda pedagogika fani yutuqlarining ahamiyati. 6. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan Sharq mutafakkirlarining qaysi asarlarini bilasiz? 7. Jahon ma’rifiy fikrlarining tarixiy-pedagogik tahlilini tushuntirib bering. 8.Pedagogikada qanday ilmiy – tadqiqot metodlari qo‘llaniladi? 9. Pedagogikaning qanday sohalari farqlanadi? 10. Pedagogik fanlar majmui va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Mustaqil ish uchun mavzular: 1. Pedagogikaning tibbiyot xodimlari faoliyatidagi o‘rni. 2. Milliy pedagogikaning taraqqiyot bosqichlari va asosiy yo‘nalishlari. 3. Pedagogikaning shakllanish tarixi. 4. O‘zbek xalq pedagogikasi hamda uning ta’lim-tarbiyada tutgan o‘rni. 5. Ma’naviy qadriyatlar va ularning shaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni.
47
II BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMI VA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR Bobning qisqacha mazmuni O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi va ta’lim turlari. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi, O‘zbekiston Respublika- sining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari mazmun va mohiyati, 2017 –
2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasida ta’lim tizimi masalalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tibbiy ta’lim sohasiga oid farmon va qarorlari.