53
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik litseylar asosan oliy o‘quv
yurtlari qoshida tashkil etiladi. Shunday o‘quvchilar borki, ular
umumiy o‘rta ta’lim jarayonida ma’lum yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining
iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona
foydalanish, uni to‘g‘ri yo‘naltirish katta ahamiyat kasb etadi.
Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga, iqtidorli,
iste’dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga
moyilligi, mahorat va malakasini
chuqur rivojlantirishni, tanlagan
kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslik
ma’lumotini olishni ta’minlovchi hamda 1 va 2-yil davomida tashkil
etiluvchi kasb-hunar ta’limini yo‘lga qo‘yadigan o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar kollejlrida
zamonaviy asbob-uskunalar, o‘quv-
uslubiy qurollar, ko‘rgazmali vositalar,
axborot texnologiyalari va
kompyuterlar bilan jihozlanishi bilan ham tubdan farq qiladi. O‘quv
binolari, ustaxonalarning zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Shuni
alohida ta’kidlab o‘tish joizki, kasb-hunar kollejlarida ishchi kadrlar
emas balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanadi.
Yana bir afzalligi– bunday o‘quv yurtlarida har bir hududning o‘ziga
xos jug‘rofiy va demokratik shart-sharoitlari va mutaxassislarga
ega bo‘lgan mahalliy ehtiyojlari hisobga
olingan holda kadrlar
tayyorlanadi.
Oliy ta’limni tashkil etishdan maqsad
jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy rivojini ta’minlashga hissa qo‘shuvchi,
tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha bozor
munosabatlari sharoitida
mustaqil ishlash layoqatiga ega, yuqori malakali,
raqobatbardosh
kadrlar tayyorlashdan iboratdir.
Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlari:
universitetlar, institutlar, akademiyalar hamda oliy maktabning
boshqa ta’lim muassasalari) negizida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki
bosqichda:
davlat
tomonidan tasdiqlangan
namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi
bakalavriat va magistratura ta’limini berish asosida tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: