Bob yuzasidan nazorat savollari: 1. Tarbiya tamoyillarining ahamiyati nimada? 2.“Tarbiyaning maqsadga qaratilgan bo‘lishi” deganda nimani tushunasiz? 3. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyilining hozirgi kundagi ahamiyati qanday? 4. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullarga nimalar kiradi? 5. O‘z-o‘zini tarbiyalash mexanizmlarini tushuntiring. 6. Tarbiyaning qanday tarkibiy qismlari mavjud? 7. Oila va uning maqsad-vazifalarini bilasizmi? 8. Oila turlari va uning asosiy funksiyalarini izohlang. 9. Nikoh oldi omillari va nikohga yetuklik tushunchasini tushuntirib bering. Mustaqil ish uchun mavzular: 1. Mas’uliyat, iymon, vijdon, adolat tushunchalarining shifokor faoliyatidagi o‘rni. 2. Yuksak dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasi. 3. Har tomonlama barkamol, malakali shifokor kadrlarni tayyorlashda jamiyatimizda qabul qilinayotgan islohotlar. 4. Tarbiya jarayonida tibbiy ta’limning o‘rni. 5. Tarbiyaning asosiy mezonlari.
91
IV BOB DIDAKTIKA PEDAGOGIKANING TARKIBIY QISMI SIFATIDA. TA’LIM (PEDAGOGIK) TEXNOLOGIYALARI VA PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI BOBNING QISQACHA MAZMUNI Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika haqida tushuncha, ta’lim mazmuni, vositalari, shakllar, ma’ruza darslari, laboratoriya, amaliy va seminar mashg‘ulotlari, tekshirish va bilimlarni baholash darslari. Innovatsion ta’lim texnologiyalari . “Pedagogik texnologiya”, “metodika”, “metodlar”, “shakllar” va “vositalar” haqida tushun- cha, pedagogik texnologiyalarning mezonlari, tuzilishi, zamonaviy ta’lim paradigmalari.