101
yo‘li, nazariya, ta’limot, deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida
“metod” so‘zi keng ma’noda: muayyan muammo yechimini topishga
yo‘naltirilgan uslubni, ma’lum maqsadga erishish yo‘lini, tor
ma’noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini
bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.
Pedagog – olima D.I.Ro‘ziyeva: “Metod pedagog va tahsil
oluvchi hamkorligida tashkil etilayotgan ta’lim jarayonida qo‘yilgan
maqsadga erishish usuli sanaladi” – deb e’tirof etadi. Pedagogikada
shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya
jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlarning
mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o‘rganiladi.
Ta’lim jarayonida an’anaviy (og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy) va
noan’anaviy metodlar tasniflanadi.
Hikoya
Mashq
Videometod
Munozara
Didaktik o‘yinlar
Laboratoriya metodi
Suhbat
Tushuntirish
Ma’ruza
Kitob bilan ishlash
Illyustratsiya
Namoyish va h.k.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida noan’anaviy, interfaol
metodlardan foydalanilmoqda.
Interaktiv so‘zi inglizcha “inter” – “birgalikdagi” va “act”
– “harakatlanish” so‘zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda
harakatlanish yoki suhbat, dialog rejimida nimadir (masalan,
kompyuter) yoki kimdir (o‘qituvchi) bilan bo‘lish demakdir. Bundan
kelib chiqadiki, interaktiv ta’lim – avvalo dialogli ta’lim bo‘lib, uning
davomida o‘qituvchi va tinglovchi, tinglovchi va kompyuter o‘zaro
hamkorligi amalga oshiriladi.
102
Interfaol ta’limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib
borish tashkil etadi.
Interfaol metod
– o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir
vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi, ham tahsil oluvchini faollashtirishga
yo‘naltirilgan o‘qitish usullari majmuidir. “
Modellashtirish”,
“Breynshtorming”, “Muzyorar”
kabi
turli interfaol metodlardan
bugungi kunda ta’lim jarayonida foydalanilmoqda.
Modellashtirish
metodidan foydalanish mobaynida o‘qituvchi
auditoriya xususiyatlarini bilishi lozim. Bunda yoshlarning bilim,
o‘zlashtirish xususiyatlari, uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar,
ish dinamikasi, darsning tuzilishi, o‘zaro hamkorlikka asoslanganligi
inobatga olinishi zarur.
“Breynshtorming”
metodi orqali tahsil oluvchilar bilan tezkor aloqa
o‘rnatish, ular fikrini mustaqil ravishda izhor etishlariga imkoniyat
yaratish, ularga dinamik ta’sir ko‘rsatish mumkin.
“Breynshtorming”
uch bosqich: motivatsiya, idrok, refleksiya (mushohada yuritish) dan
iborat bo‘lganligi bois, har birida ham bahsga kirishuvchilar muloqot
madaniyatini namoyish eta olishi lozim bo‘ladi
1
. Demak, pedagogik
muloqotda tahsil oluvchilar tashabbusi qo‘llab-quvvatlanadi, dialog
muloqotga zamin yaratiladi, yoshlarning o‘z fikrlarini real sharoitga
moslay olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Tabiiyki, bunda o‘qituvchi
pedagogik muloqotni tashkil qiluvchi, tashabbuskor va yetakchi shaxs
sifatida maydonga chiqadi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida noan’anaviy metodlar
-“Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi”, “Erkin yozish”,
“Besh minutlik esse”, “Tushunchalar asosida matn tuzish” kabi
metodlardan keng foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: