115
Pedagogik muloqot
– o‘qituvchi kasbiy faolligining ko‘rinishi
sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqot mobaynida tahsil
oluvchiga yangi ma’lumot beriladi yoki fikr almashiniladi; o‘qituvchi
bilan tahsil oluvchilarning o‘zaro hamkorlikka asoslangan faoliyati
tashkil topadi; muloqotga kirishuvchi shaxslarning
imkoniyatlariga
keng yo‘l ochiladi; o‘qituvchi shaxsiy fikrining pedagogik jihatdan
maqsadga muvofiqligi sodir bo‘ladi va muloqot ishtirokchilari bir-
birlaridan qanoat hosil qilishadi.
Pedagogik muloqot sotsial – psixologik jarayon sifatida quyidagi
funksiyalari bilan tavsiflanadi: muloqotning axborot almashish,
o‘zligini anglash, ijtimoiy rollar almashinuvi, faoliyatni tashkil qilish,
empatiyaga moyillik (hamdard bo‘lish) va h.k.
Muloqotning axborot almashish funksiyasi materiallar va
qadriyatlar bilan almashish jarayonini ta’minlab, o‘quv-tarbiya
jarayoni uchun hamkorlikdagi izlanish muhitini yaratadi.
Pedagogik muloqot vositalari:
tashkil etuvchi,
baho beruvchi,
intizomga undovchi (yo‘riqnoma berish, intizomni baholash va
tanbeh berish) bo‘lishi mumkin.
Muloqot usuli sifatida shakllangan uslub amalda o‘zining uchta
shakli bilan namoyon bo‘ladi: bilimlarni egallashda o‘qituvchi bilan
tahsil oluvchilarning birgalikda hamkorlik qilishlari (demokratik
uslub), o‘qituvchining tahsil oluvchilarga tazyiq o‘tkazishi va ularning
aktivligini ro‘yobga chiqarmasliligi (avtoritar uslub), o‘qituvchining
tahsil oluvchilarga nisbatan neytral munosabatda bo‘lishi va uning hal
etilayotgan masaladan chetga chiqishi (liberal uslub)
shakllari;
1. Muloqotdagi vaziyat bir xil o‘zaro harakatni (“yonidan”
moslashish), boshqa ishtirokchiga tazyiq o‘tkazishni (“yuqoridan”
moslashish), boshqa ishtirokchiga muvofiqlashishni (“quyidan”
moslashish) o‘z ichiga oladi.
2. Muloqotda emotsional tus berish xarakteri neytral hol orqali
ijobiydan salbiygacha o‘zgaradi. Bularning hammasi muloqot
muhitini, sinfda ma’lum iqlimni yaratadi.
3. Yetuk pedagogik muloqot o‘qituvchining o‘z-o‘zini, muloqot
jarayoni va natijalarini nazorat qilib borishni nazarda tutadi.
116
4. To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot davomida o‘qituvchida
tanlangan vositalarni vazifa va sharoitlarga muvofiqligining o‘lchovi
sifatida tushuniladigan pedagogik nazokat mujassamlanadi.
Pedagogik muloqotda o‘ziga xos qiyinchiliklar mavjud. Ayrim
paytlarda tajribasiz o‘qituvchi pedagogik muloqotni o‘z faoliyatining
bir qismi ekanligini tushunmaydi, uni rejalashtirmaydi, muloqot usul-
larini takomillashtirib bormaydi. Pedagogik muloqot usullari ustida
ish lash ning asoslangan dasturini tuzish uchun har bir o‘qituvchi o‘zi-
ning “subyekt-subyekt” munosabatlarini tahlil qilib chiqishi muhim.
Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘zida kasbiy muloqotchanlik ko‘nikmala-
rini rivojlantirish uchun bir qator mashqlarni bajarishlari maqsadga
muvofiq, xususan:
1. Muloqotda tahsil oluvchining subyektiv qarashlarini aniqlash;
bu tahsil oluvchi bilan muloqotda oqilona hal qilinishi zarur bo‘lgan
vazifalarni
aniqlash, masalan, uning hulqini tuzatish yoki unda
shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish;
2. Tahsil oluvchi bilan muloqotga kirishishda unda sodir bo‘luvchi
psixologik to‘siqlarni bartaraf etishga yordam berish;
3. O‘zgalar
fikrini tinglay olish, ularning fikrlariga qo‘shilish,
hamdard bo‘lish. Muloqot natijalarini baholash va ularni foydalanilgan
vositalar bilan taqqoslash.
Pedagogik muloqot davomida o‘qituvchi shaxsi, uning dunyo-
qarashi, shaxsiy pozitsiyasi, g‘oyaviy – siyosiy saviyasi, kasbiy tayyor-
garligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga o‘qituvchining
umumiy va boshqaruv qobiliyati, uning mayllari,
xarakteri,
muvaqqat psixik holatlari, shuningdek to‘plangan tajribasi muhimdir.
O‘qituvchi shaxsini xarakterlash uchun faoliyatning individual
uslubi kabi yig‘ma ko‘rsatkichlar, jumladan individual faoliyat
uslubi (mazkur kishining individual - psixologik xususiyatlariga mos
keluvchi pedagogik faoliyat va pedagogik muloqotning vazifalari,
vositalari va usullarining barqaror birligi) dan ham foydalaniladilar;
ijodiyot (masalan, novator o‘qituvchidagi kabi, mazkur o‘qituvchi
uchun subyektiv yangi, shuningdek pedagogika fani uchun obyektiv
yangi pedagogik faoliyat va pedagogik muloqotning yangi vazifalari
va vositalarini izlash va topish); ijtimoiy faol tutilgan yo‘l vaziyat
117
(o‘qituvchi dalilining ta’sirchanligi, uning so‘zi bilan ishi birligi).
yetuk shaxs har doim bundan keyingi rivojlanishi uchun kurashadi, bu
hol o‘qituvchiga ham taalluqli. Shaxsning kasbiy jihatdan o‘z - o‘zini
tarbiyalash yo‘llaridan biri – o‘zining sifat va hislatlarini, shuningdek
pedagogik faoliyat va muloqotlarning barqaror xususiyatlarini, tahsil
oluvchilarning ta’lim olganligi va tarbiyalanganligidagi erishilgan
natijalarni tahlil
qilib borishdan iboratdir
Dostları ilə paylaş: