Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar  guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli. Darslik



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Dars
– bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar 
guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik 
– muayyan o‘quv fani bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv 
dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari 


121
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bo‘lib, u mazmuni, 
tuzilishiga ko‘ra o‘quv dasturiga mos keladi.
Dasturiy ta’lim
– pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lib, 
u o‘quvchilarning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, ular tomonidan 
o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda duch kelayotgan muammolar, 
shuningdek, o‘quvchilarning bilim, dunyoqarash hamda o‘quv 
fanining imkoniyatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi.
Didaktika
 
(ta’lim nazariyasi, yunoncha “didaktikos” – 
“o‘rgatuvchi”, “didasko” – “o‘rganuvchi”) – ta’limning nazariy jihat-
lari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘quvchi 
va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakllari, 
metodlari, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish 
yo‘llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Yozma mashqlar
– ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va mustahkamlash uchun 
qo‘llaniladigan mashqlar (diktant, insho, masala, misol, referat 
yozish, tajribani yoritish).
Jazolash
– shaxsning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho 
berish.
Jinsiy tarbiya
– bolalar, o‘smirlar va yoshlarda jins masalalariga 
nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishga qaratilgan tibbiy, 
pedagogik tadbirlar tizimiga ko‘ra tashkil etiladigan jarayon.
Jismoniy tarbiya
– o‘quvchilarda jismoniy-irodaviy sifatlarni 
shakllantirish, ularni aqliy, jismoniy jihatdan mehnat va Vatan 
mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayon.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin