Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Kasb-hunar kolleji
(KHK) o‘quvchilarning kasb-hunarga 
moyilligi – bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab 
olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash 
imkonini yaratish maqsadida tegishli DTS doirasida o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim 
muassasasi.
Korreksion (maxsus) pedagogika
– imkoniyati cheklangan 
kar-soqov (surdopedagogika), ko‘r (tiflopedagogika), aqliy jihatdan 
rivojlanishda ortda qolgan (oligofrenopedagogika) bolalarga ta’lim 
berish va ularni tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.
Kreativ pedagogika
– shaxs (o‘quvchi, talaba)ni o‘qishga, ta’lim 
olishga ijodiy yondashishga, o‘zining va o‘z kelajagining yaratuvchisi 
bo‘lishga o‘rgatadi.


123
Ko‘nikma
– shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish 
qobiliyati; olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va 
shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi.
Laboratoriya ishlari
– o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, 
qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda 
tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar 
asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi.
Magistr
– ma’lum ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olgan yuqori malakali, 
aspiranturaga kirish huquqiga ega mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan 
sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat 
ko‘rsatadi.
Maqsad 
(arabchadan niyat, oliy tilak, intilish) – erishish, amalga 
oshirish uchun ko‘zda tutilgan narsa, murod, muddao.
Malaka
– muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning 
avtomatlashtirilgan shakli.
Masofaviy ta’lim
– o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri, shaxsiy aloqasiz “masofadan o‘qitish” imkonini yaratib 
beruvchi zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnolo giya-
lardan foydalanishga asoslangan o‘qitish jarayonining o‘ziga xos 
yangi shakli.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin