Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Ogohlantirish
– sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-
harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladigan tarbiyaviy usul.
Pantomimika
– bu gavda, qo‘l va oyoqlarning harakati bo‘lib, u 
pedagog tomonidan bayon etilayotgan muayyan fikrni alohida ajratib 
ko‘rsatishga, ma’lum qiyofa orqali gavlantirishga imkon beradi.
Pedagogik innovatika
– ta’lim subyektlari nuqtayi nazardan 
pedagogik innovatsiyalarning mohiyati, paydo bo‘lish, rivojlanish 
qonuniyatlarini hamda pedagogik an’analar bilan kelajak ta’limining 
loyihalashtirilishi o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganadi.
Pedagogik kreativlik
– pedagogning an’anaviy pedagogik fikr-
lashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi 
ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, 
mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyor-
garligini tavsiflovchi qobiliyati. 
Pedagogik qobiliyat
– pedagogga xos bo‘lib, pedagogik faoliyatni 
oqilona tashkillashtirish va olib borilishiga imkon beradigan, amaliy 
vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan 
xususiyatlar. 
Pedagogik mahorat
– 1) o‘qituvchining pedagogik jarayonni 
tashkiliy, metodik, ruhiy va subyektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik 
bilan tashkil etish va boshqarish qobiliyati, ko‘nikma-malakasiga 
egaligi; ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik 
bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, yuksak pedagogik 
tafakkur; 2) pedagog tomonidan kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik 
bilan, san’atkorona tashkil etilishini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va 
malakalar majmui. 
Pedagogik muloqot madaniyati
– pedagogning o‘quvchilar 
jamoasi, ota-onalar, hamkasblar hamda rahbariyat bilan pedagogik 
odob hamda muloqot talablariga muvofiq holda uyushtiriladigan 
suhbati.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin