127
Rag‘batlantirish
– tarbiyalanuvchining xatti-harakati va
faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini
ko‘tarish a uni qo‘llab-quvvatlashning eng samarali usuli.
Reyting
(inglizcha “baholash”, “tartibga keltirish”)
– muayyan
hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash shakli, usuli.
Rivojlanish
– shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida
namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda
etuvchi murakkab jarayon.
Rivojlantiruvchi ta’lim
– pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lib,
u o‘quvchilarning ichki imkoniyatlari oshirish va ularni ro‘yobga
chiqarishga xizmat qiladi.
Seminar
– o‘qituvchi va o‘quvchilarning faol hamkorligi asosida
ishtirokida tashkil etiluvchi ta’lim shakllaridan biri bo‘lib, uni tashkil
etishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mustaqil ishlarini
yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasidan keng va chuqur
ma’lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu
asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish
ko‘nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.
Sinf
– yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan muayyan o‘quvchilar
guruhi.
Suhbat metodi
– pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlaridan biri
bo‘lib, pedagogik kuzatish chog‘ida ega bo‘lingan ma’lumotlarni
boyitish, vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini
topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish,
tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga
jalb etishga yordam beradi.
Tanbeh berish
– eng muhim jazo choralaridan biri bo‘lib, o‘qituvchi
o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi va buni kundaligiga yozib
qo‘yishi mumkin.
Tarbiya
– muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida
yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: