Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


shaxs  tushun cha sidir. 13 Shaxs



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

shaxs 
tushun cha sidir.


13
Shaxs
ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va 
xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-
atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. Jamiyatda o‘z 
mavqeyiga ega bo‘lgan, o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da’vogar, 
tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan ijtimoiy voqea-hodisalarga adek-
vat baho bera oladigan, tafakkur faoliyatining obyektivligi bilan 
tavsiflanadigan insondir. Shaxs – “kadrlar tayyorlash tizimining bosh 
subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi 
va ularni amalga oshiruvchi”
1
. Jamiyatsiz shaxs, shaxssiz jamiyat 
bo‘lmaganidek, insonning shaxs sifatida kamol topishi uchun
biologik, psixologik, ijtimoiy omillar sabab bo‘ladi.
Shaxsning 
axloqiy sifatlari
– shaxsning aqliy jihatdan kamolotga 
yetishuvi uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali namoyon 
bo‘ladi: 
bilag‘onlik, obyektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik
va 
boshqalar hisoblanadi.
Pedagogik muhit
– ta’lim-tarbiya maqsadlariga muvofiq ra-
vishda tuzilgan shaxslararo (o‘qituvchi – shifokor – tahsil oluvchi– 
talaba; tahsil oluvchi-tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-
jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil oluvchi-ota-ona va boshqalar)
munosabatlar majmuidir.
Ichki muhit
– shaxsning o‘ziga xos hayotiy faoliyati, xarakterining 
o‘ziga xosligi, hayotiy tajriba va irsiy tafakkur ko‘nikmalari majmui, 
odatdagi ruhiy holatlarda o‘zini namoyon etadigan ta’sirchanlik va 
voqelikka munosabatlarining o‘zaro bir-biriga muvofiq kelishi, bir-
birini to‘ldirishi va boyitishidir.
Ma’lumki, har qanday shaxs jamiyatda shakllanadi va rivojlanadi. 
Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir 
qatorda u ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma’lum bir 
bosqichida shaxsga aylanadi. Pedagogikada “shakllanish” kategoriyasi 
muayyan insonda muayyan sifatlar, fazilatlar, xususiyatlarni singdirish 
jarayoni bilan belgilanadi. Masalan, boladagi badiiy adabiyot, tasviriy 
1
Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod 
– 
O

zbekiston taraqqiyotining
poydevori. 

T., «Sharq», 1998 y, 41-bet
14
san’at, musiqaga bo‘lgan iqtidorni oldindan aniqlash asosida undagi 
qobiliyatlarni shakllantirish mumkin.
Shaxsning har tomonlama kamolga yetishi – ma’lum bir 
tarixiy shart-sharoitlardagi individ qobiliyati va iqtidori, uning 
bioijtimoiy mohiyatlarini tashkil qiladigan hamma kuchlarni to‘liq 
rivojlantirishdan iboratdir. Shaxsda muayyan belgilar, sifatlar, 
fazilatlar (ba’zan ayrim illatlar, nuqsonlar) shakllangach, rivojlanish 
jarayoni boshlanadi
1
.


Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin