Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Psixologiyaning asosiy tamoyillari (prinsiplari), ilmiy



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

5.4. Psixologiyaning asosiy tamoyillari (prinsiplari), ilmiy 
tadqiqot metodlari va tarmoqlari 
Psixologiyaning asosiy prinsiplari determinizm, ong va faoliyat 
birligi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi bo‘lib, ular quyidagicha 
izohlanadi:
1. 
Determinizm
 (lot. determinata 
− 
belgilayman degan ma’noni 
bildiradi)
prinsipi tabiat va jamiyat hodisalari, xususan, psixik 
hodisalarning obyektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. 
Bunda psixika va ongning obyektiv borliq hamda nerv sistemasi bilan 
belgilanishi tushuniladi. Shuning uchun determinizm psixikaning 
turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab 
u ham o‘zgarishini anglatadi. 
2

Ong va faoliyat birligi
 
prinsipini psixologiya fanida ong bilan 
faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas, ular aynan bir-
biriga o‘xshash ham emas, biroq ular bir butunlikni tashkil etishi 
bilan izohlanadi. Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi 
tarkiblariga ega bo‘lib, unda voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. 
Ong bo‘lsa faoliyatning ichki rejasini tuzadi, uning dasturiy jihatini 


155
aks ettiradi. Real vaqtlarning o‘zgaruvchan modeli ongda paydo 
bo‘lib, odam atrof-muhit bilan munosabatga kirishganda undan 
mo‘ljal oladi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o‘z navbatida 
ong mazkur jarayonda takomillashib, rivojlanib boradi.
3. 
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi
prinsipi psixik 
taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin va muloqot 
faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy 
tajribani o‘zgartirish jarayonining yuz berishi shaxs uchun psixik 
taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qilib, dasturiy bilimlarni 
egallashga mustahkam zamin hozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi inson 
psixikasini rivojlantirish manbayi va mexanizmi rolini bajaradi. 
Psixologiya ham mustaqil fanlar singari o‘z predmetining 
mohiyatini yoritish, ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus usullar va 
vositalardan foydalanadi va ular metodlar deb yuritiladi. 
5.4.1-jadval

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin