Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Test (ing. sinash va tekshirish) metodi



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Test (ing. sinash va tekshirish) metodi
yordamida biror 
o‘rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarak-
teristikalarini olish, ularni ko‘pchilikda qayta-qayta sinash va 
ma’lumotlarni korrelatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish 
mumkin. Testga qo‘yilgan talab hech qachon o‘zgarmaydi, hattoki, 
shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli 
davrlarda ham o‘zgarmagan holda ishlatiladi (masalan, Ravenning 
aqliy intellektni o‘lchash, Kettel va Ayzenkning shaxs testlari).
Testning
 so‘rov
shaklida oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan 
savollarga javob berish talab qilinadi (masalan, Ayzenkning 57 ta 
savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya – ekstroversiyani aniqlab, 
undagi savollarga “ha” yoki “yo‘q” tarzida javob berish so‘raladi).
Test-topshiriq
da esa odam xulqi va holatini amalga oshirgan 
ishlari asosida baholash tushuniladi. Bunday testlarga shaxsning 
kreativliligini
aniqlash maqsadida
sinaluvchiga tugallamagan 
shakllardan o‘zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi
.
Chizilgan rasmlarning o‘ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs 
fikrlashi jarayoniga baho beriladi, miqdoriy ko‘rsatkich aniqlanadi. 
Mazkur metodlarning afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga 
nisbatan qo‘llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa 
guruhda yana qayta tekshiruv o‘tkazish imkoniyatining mavjudligidir. 
Kamchiligi – agar sinaluvchi testning mohiyatini yoki kalitini bilib 
qolsa, natijalar sun’iy xarakterga ega bo‘lib qoladi.
Testning 
proyektiv (loyiha) 
turida uning asl maqsadi tekshiriluvchiga 
sir bo‘ladi. Bunda tekshiriluvchi o‘zining qaysi hislati yoki holati, 
yoki jarayoni tekshirilayotganidan bexabar bo‘ladi. Masalan, mashhur 
Rorshaxning “siyoh dog‘lari” testi, assotsiativ (tugallanmagan 
hikoyalar), ekspressiv (psixodrama, o‘yinlar, ishbilarmonlik o‘yinlari, 
ijtimoiy treninglar, erkin mavzuda rasm chizish) kabi testlarda bir 
narsaning loyihasidan go‘yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati 
aniqlanadi.
Sotsiometrik test 
kichik 
guruh organlari o‘rtasidagi bevosita emotsi-
o nal munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda 
qo‘l lanilib, unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos sol gan. 
Mazkur test yordamida muayyan guruhdagi har bir 
organ
ning o‘zaro 


159
munosabatlarini aniqlash uchun, uning qaysi faoliyatida kim bilan 
qatnashishi so‘raladi. 
Eksperiment metodining psixologiyada ikki turi: laboratoriya 
eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin