165
albatta, biz Buyuk Temur
s
haxsi va temuriyzodalarning insoniy
fazilatlarini o‘rganishimiz kerak. Ayniqsa, maktab yoshida tarixiy
shaxslardagi takrorlanmas va ibratli sifatlar orqali o‘sha davr tarixiy
muhiti va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushuntirish ancha samarali
va ta’sirchandir. Shuning uchun ham tarixchi va arxeologlar u yoki bu
davrni yoritish uchun o‘sha davr ijtimoiy qatlamlari, mashhur shaxslari
avtobiografiyasini o‘rganishga katta ahamiyat bersalar, psixologlar,
ayniqsa, ijtimoiy psixologlar katta guruhlar psixologiyasi va shaxsning
ma’naviy va ahloqiy qiyofasini to‘la o‘rganish uchun shaxs mansub
tarixiy shart-sharoitlar, hududiy o‘ziga xosliklarni ham o‘rganadilar.
Shuning uchun ham mustaqillikning inson shaxsi kamolotiga
berayotgan cheksiz in’omlarini tasavvur qilish uchun biz tariximizni
va istiqlol-yillarida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlarimizning obyektiv
zaminlarini yaxshi o‘rganishimiz kerak. Shundagina “O‘zbekiston –
kelajagi buyuk davlat” shiorining tom ma’nodagi mohiyatini teran
anglaymiz.
Dostları ilə paylaş: