O`zbekiston davlatchiligi tarixi


partiyaga mansubligi shart qilib qo‘yilmasdan, ularni mutanosib ravishda davlat



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/76
tarix08.11.2023
ölçüsü3,75 Mb.
#131350
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022


partiyaga mansubligi shart qilib qo‘yilmasdan, ularni mutanosib ravishda davlat
qurilishi ishlariga keng jalb qilish zarur deb ko‘rsatilib, mahalliy aholining mol-
mulkini majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olishni (rekvizitsiya) to‘xtatish vazifasi
ham qo‘yilgan edi. Turkiston respublikasi hukumati bu qarorni yashirishga harakat
qilgan bo‘lsa-da, shov-shuvlardan so‘ng uni e’lon qilishga majbur bo‘ldilar. Ammo,
ushbu qaror bo‘yicha e’tiborga molik biror-bir amaliy ish qilinmadi.
Sovetlar tuzumi Turkistondagi boshqaruvni tashkil etishda katta byurokratik
apparatning paydo bo‘lishiga zamin yaratgan edi. Biroq, tadqiqotchilarning fikricha,
bolsheviklarning kadrlar masalasidagi siyosati
nafaqat
milliy sohada, balki
uquvsizligi bilan ham ajralib turadi. Misol uchun, davlatning mas’ul lavozimlarida
mutlaqo savodsiz odamlarning ishlashi tabiiy hol edi. Bu xodim bolsheviklar
manfaatini himoya qilishi kifoya edi. Undan tashqari, Turkistondagi oliy hokimiyat –
Turkiston MIK, hukumat – Turkiston XKS, g‘oyaviy rahnamo – Turkiston KP kabi
o‘lka boshqaruvida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlar mahalliy aholi
ixtiyorida bo‘lmagan. Tadqiqotlarga ko‘ra, Turkiston XKS va Turkiston Iqtisodiy
Kengashidek yuqori vakolatli organlarda o‘zbeklar ishlamagan. O‘lka boshqaruvidagi
barcha yirik tashkilotlar, komissarliklarning milliy tarkibi umumiy ko‘rsatkichlarda
quyidagicha edi1:
1
Ражабов Қ., Ҳайдаров М. Туркистон тарихи..., 55-56 бб. Муаллиф томонидан жадваллаштирилди.


136
Millati
Soni
Foiz hisobida
Ruslar
3,166
78,1
Boshqa yevropalik aholi
623
15,5
O‘zbeklar
132
3,3
Qirg‘izlar
34
0,8
Turkmanlar
4
0,1
1919 yilning 8 oktyabrida V.Lenin Butunrossiya MIK va RSFSR XKSning
Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkkomissiya) tuzish to‘g‘risidagi qarorini
imzoladi. Bu komissiya tarkibiga SH.Z.Eliava – rais, M.V.Frunze, V.V.Kuybishev,
YA.Rudzutak, F.I.Golosheykin, T.I.Bokiylar kirdilar. Ushbu komissiya juda katta
vakolatlarga ega bo‘lib, jumladan, Butunrossiya MIK va XKSning vakolatiga,
Turkiston hududlarida va qo‘shni davlatlarda ularning nomidan ish ko‘rish huquqiga,
RKP (b) MK nomidan respublikada oliy partiya nazorati va rahbarligini amalga
oshirishga, o‘lka partiya tashkilotlarini tarqatib yuborish, favqulodda s’ezdlar va
konferensiyalar chaqirish hamda partiya MK qarorlarini qat’iy bajarishga qaratilgan
boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish huquqlariga ega edi. Ushbu komissiyaning asosiy
maqsadi – mahalliy aholi manfaatlari yo‘lida ishlash emas, balki Turkistonda sovet
hokimiyatining mavqeini mustahkamlash, imperiyaviy markaz
bilan
lenincha
rahbariyatning go‘yo “strategik to‘g‘ri yo‘lini buzgan”, yangi hokimiyatning maqsad
va mohiyatlarini “buzib” ko‘rsatgan mahalliy arboblar faoliyatini nazorat qilish
hamda ular o‘rtasidagi masofani uzoqlashtirishdan iborat edi.
Turkiston komissiyasi amalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, xo‘jalik va
Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin