O`zbekiston davlatchiligi tarixi


partiya tashkilotlariga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshevikcha siyosatni qat’iy



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/76
tarix08.11.2023
ölçüsü3,75 Mb.
#131350
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022


partiya tashkilotlariga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshevikcha siyosatni qat’iy
ravishda amalga oshirishga kirishdi. Turkkomissiya o‘lkadagi butun hokimiyatni
to‘laligicha o‘z qo‘lida to‘plab, faqat markaz manfaatlarini amalga oshiruvchi “davlat
ichidagi davlat” vazifasini bajardi.
Sovet hokimiyatining Turkiston respublikasida hayotga tatbiq etgan dekret va
qarorlari mahalliy xalqlarni mustamlakachilik asoratida tutib turish uchun xizmat
qilgan edi. Xususan, Butunrossiya MIKning 1920 yil 10 apreldagi “Turkiston Sovet
Sotsialistik Respublikasi to‘g‘risidagi” qarorida, 1921 yil 11 apreldagi “Turkiston
Sovet Sotsialistik Respublikasini ta’sis etish to‘g‘risidagi” dekretda, RKP (b) MK
1920 yil 19 iyunda qabul qilgan “Turkiston Respublikasi to‘g‘risidagi” Nizomda,
umuman, RKP (b) tomonidan e’lon qilingan ko‘plab dekretlar, chaqiriqlar,
murojaatnomalarda ko‘zda tutilgan xalqlarga erkinlik berish, o‘z taqdirlarini o‘zlari
belgilash, ajralib chiqib mustaqil davlat tuzish huquqi o‘rniga Turkiston o‘lkasiga
yarim huquq va erkinliklar berish, uni Rossiya tarkibidagi avtonom respublika shaklida


137
saqlash
siyosati
izchillik
bilan
amalga
oshirildi.
Turkiston
o‘lkasi
mustamlakachilikning yangi “sovet” shakliga aylandi.
Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati
hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan
milliy rahbar xodimlarning kuchli noroziliklariga sabab bo‘ldi. Milliy kommunistlar
o‘lkadagi bolsheviklar siyosatiga ochiqdan ochiq qarshi chiqa boshladilar. Milliy
rahbar xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida 1919 yil martda
tuzilgan o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
CHunonchi, Qayg‘usiz Otaboev, YUsuf Aliev, Abdulla Rahimboev, Sanjar
Asfandiyorov, Nazir To‘raqulov, Inomjon Xidiraliev kabi ko‘plab milliy rahbar
xodimlar Turor Risqulov raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar.
1920 yil yanvar oxirlarida Musbyuroning III konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu
konferensiyada Turkistondagi uchta partiyaviy tashkilot – TKP O‘lka komiteti,
Musbyuro va ajnabiy kommunistlar partiyasi yagona kommunistik partiyaga
birlashtirildi. Konferensiya qarorida “Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik
Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin