Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi shartnomani asossiz ravishda bekor
qilgan hollarda, yetkazilgan zararning o‘rnini va ma'naviy zararni qoplash
to‘g‘risida da'vo bilan sudga murojaat qilish.
Reklama beruvchi:
reklama tayyorlovchi va (yoki) tarqatuvchining talabiga binoan reklama
axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
agar reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi zarur bo‘lsa, mahsulotni
yoki reklama beruvchining o‘zini reklama qilayotganda tegishli litsenziyani taqdim
etishi shart.
Reklama beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi
va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Reklama mahsulotini tayyorlovchi yoki tarqatuvchining huquq hamda
majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi quyidagi huquqlarga ega:
ommaviy oferta yo‘llangan shaxsdan belgilangan tartibda aksept olganidan
so‘ng reklama beruvchi shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda, bu shaxsni
shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi hamda reklama beruvchining
shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etganligi tufayli yetkazilgan zararning
o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda reklama beruvchidan tegishli
litsenziyani talab qilish.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi:
ushbu Qonunda belgilangan reklama faoliyati va homiylik qoidalarini
bajarishi;
axborot yoki boshqa materiallarni bergan shaxs to‘g‘risidagi ma'lumotlarni
uning roziligisiz oshkor qilmasligi;
reklama beruvchi qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin
bo‘lgan axborot bergan taqdirda reklama beruvchini bu haqda vaqtida xabardor
etishi shart.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin. Reklama
tayyorlovchi va tarqatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega
bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.O‘zbekiston respublikasida
reklama faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari ham mavjud bo‘lib, ular
hududiy hokimiyat vakillari tomonidan yaratilgan. Bunga Toshkent shahar
hokimining 2007 yilda qabul qilingan “Reklama faoliyatining tartibga solish
to‘g‘risida”gi 1048-sonli qarorini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: