REKLAMA FAOLIYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA TA’LIMIY
VAZIFALARI.
Reja:
1.
Reklama faoliyatida ta'limni joriy qilinishi
2.
Reklama faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari
3.
Reklama faoliyatining ta'limiy vazifalari
Iqtisodiy sohaning bugungi bozor munosabatlari
sharoitidagi muvaffaqiyatni
ta`minlovchi vositalardan biri-reklamaning kundalik hayotimizdagi mavqei
sezilarli ahamiyatga ega. Global miqtosdagi har qanday islohotlar, yangiliklar va
tub burilishlar jamiyatning har bir faol bo`g`iniga o`z ta`sirini ko`rsatgani kabi
reklamaning oilaviy munosabatlarga idrok va tasavvurlarga ta`sirini o`rganish
bugungi kunda muhim muammodir. Xususan o`zbek oilalarida reklama faoliyatiga
bo`lgan munosabat reklama qilinayotgan mahsulotlarni turlicha idrok qilinishining
jins
hususiyatlariga
bog`liqligi,
reklamaning
yangi
ustanovkalarini
shakllantirishga, oilaviy qadriyat, an`ana va ijtimoiy o`zaro
munosabatlarni
mustahkamlashga, shaxsdagi estetik did, keng tab va dunyoqarashni
shakllantirishga bo`lgan ta`siri tobora iqtisodiy islohotlarning kundalik hayotimiz
mazmuniga aylanib borayotganligini ifodalaydi.
Avvalo, har bir reklama mazmun-mohiyatiga ko`ra ma`lum guruh yoki doiraga
yo`naltirilgan tarzda beriladi.
Ammo u qanchalik samarali,ta`sirchan bo`lishiga
aniq psihologik qonuniyatlar tizimiga asoslanadi.
Bugungi kunda reklama bozor munosabatlari muvaffaqiyatini ta`minlovchi
,yangicha turmush tarzini shakllantiruvchi vosita bo`lib xizmat qilmoqda. Reklama
bu-turli yangi mahsulotlar haqida ma`lumotlar olish, yangi xizmatlar va firmalar
faoliyati haqida turli manbalar orqali tanishish jarayoni yotadi.
XX asrga kelib reklama faoliyati aniq psixologik qonuniyatlarga asoslangan
yangicha mazmunga ega bo`lgan. Bu esa reklama psixologiyasi sohasida yangi
psixologik muammolarni ilmiy asoslash, reklamaning inson ongiga ta`sir
etish
qonunlarini nazariy va amaliy mukammaliklarni talab etdi.
Reklama sohasidagi olib borilgan ilmiy izlanishlar uni ilmiy fan yo`nalish sifatida
shakllantirib, XX asrda dastlab Amerikada, keyinroq Yevropadagi oliy o`quv
yurtlari tizimida o`qitila boshlandii. Bu davrda reklamaning emperik o`rganish
sohasi ancha jadallashgan bo`lib, asosan unda ijtimoiy-xususiyatlarga bo`lgan
ta`siriga ham e`tibor qaratila boshlangan.
Nemis psixologi T.Kening va M.Bauxlar reklama mahsulotlarining inson irodasini
tayyorlashga va psixikasiga rejali ta`sir qilishga qaratilgan faoliyat sifatida baho
beradi. Ular reklamani psixologik ta sir etish mehanizmlardan biri sifatida –
singdirishni ta`kidlaydilar ,shuningdek , samarali reklama inson ruhiyatiga
yo`naltirilgan bo`lishi lozimligini aytib o`tadilar.Amerikalik psixolog U.Skott
reklama e`lonlari hajmining ahamiyatini o`rgangan .U yuz betdan iborat
kitobchaga turli hil jurnallardan olingan e`1lonlardan yopishtirib chiqdi ,so`ng uni
50 ta odamga ko`rsatdi va e`lon qilingan axborotlarning
hajmiga nisbatan
takrorlanuvchi reklama axborotlari yaxshiroq ta`sir etishni aniqladi.
Amerikalik psixolog D.Starch reklama e`lonlarini gazeta va jurnallarning qaysi
betide berish samarali bo`lishini o`rgangan. Aniqlanishicha ,e`lonlar turli
sahifalarda bo`lsa 50 % , birinchi va oxirgi sahifalarda bo`lsa 100 % e`tiborni jalb
qilar ekan .Demak, reklama ma`lumotlarning idrok etilishida matnning sahifalarda
joylashtirilishi , reklama axborotlarining takrorlanishi ham ahamiyatga ekanligi
aniqlandi . Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali ma`lumotlar
bilan
tanishuvchilar yosh xususiyatlariga ko`ra tafovutlanishi N.Bogomolova tomonidan
o`rganilgan . Unga ko`ra , gazeta ma`lumotlari bilan asosan katta yishdagilar ,
radio ma`lumotlari bilan yoshlar va kattalar, televideniya orqali uzatiladigan
ma`lumotlar bilan barcha yoshdagilar ,aynan bolalar
hamda keksalar tanishishi
ta`kidlangan
.Olima
N.Bogomolova
bolalarda
ijtimoiy
hayot
haqidagi
tasavvurlarning shakllanishida televideniya uchinchi ota-ona hisoblanib ,ular
dunyo qadriyatlari haqidagi birlamchi tasavvurlarni televidiniya ko`rsatuvlari
orqali oladilar degan fikrni qayd etadi . Tadqiqotchi A.Azlarova esa gazeta
ma`lumotlari bilan asosan erkaklar qiziqishlarini qayd etib o`tgan . Shuningdek , u
aholi o`rtasidagi reklama axborotlari bilan qiziquvchilarni ham o`rganib , aholining
4 % va o`rta yoshdagilarning 20 % gina reklama axborotlari bilan qiziqishini , 24
% aholi esa o`zi uchun muhim bo`lgan tanlangan axborotlarni izlashini va 52 %
esa
reklamalarga
umuman
qiziqmasligini
ta`kidlaydi
.Demak
reklama
ma`lumotlarining adekvat idrok qilinishida ommaviy axborot vositalari
muxlislarining yosh hususiyatlari ham e`tiborda tutilishi ham muhim ahamiyat
kasb etadi .
O`zbekistonda reklamalarining ijtimoiy sohadagi ta`sir
xususiyatlari muammosi
V.M.Mosin ishlarida ham o`rganilgan bo`lib , u reklamaning shahs ruhiy-axloqiy
tarbiyasidagi o`rni masalasiga e`tabor qaratgan . Tadqiqotda reklama orqali shahs
tarbiyasiga ta`sir etish , ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o`rni ,
iste`molchilarining reklamaga nisbatan munosabat motivlari , shaxsning
ijtimoiylashuv jarayoniga kommunikatsiyaning ta`siri
ilmiy asoslar bilan tahlil
qilingan .
Mamlakatimizda reklama faoliyatining psixologik talqini ,shahs ijtimoiy
tasavvurlariga va ustanovkalariga reklamaning ta`siri ,reklama idrok qilinishining
etnopsihologik xususiyatlarga bog`liqligi muammosi ijtimoiy psihologik muammo
sufatida
Dostları ilə paylaş: