O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
25.12.1998 y. 
N 723-I 
REKLAMA TO‘G‘RISIDA 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va vazifalari.
Ushbu Qonunning 
maqsadi reklamani tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq munosabatlarni 
tartibga solishdan iborat. 


Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulotlar to‘g‘risida axborot oqimini 
shakllantirish; 
tadbirkorlik va iste'mol madaniyatini takomillashtirish; 
reklamaning davlat va jamoat manfaatlariga, axloq va ma'naviyatning umum 
e'tirof etilgan normalariga, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchanlik obro‘siga, 
atrof-muhit holatiga tajovuzidan himoyalanish choralarini ta'minlash; 
mahsulotning xarakteri, tayyorlanish usuli va joyi, iste'mol xususiyatlari, sifati 
va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko‘ra iste'molchilarni 
chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq ma'lumotlar reklama vositasida tarqatilishining 
oldini olish. 
2-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanish sohasi.
Ushbu Qonun O‘zbekiston 
Respublikasi hududida reklama tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq 
munosabatlarga tatbiq etiladi. 
Ushbu Qonun ijtimoiy voqyealarni, siyosiy partiyalarning, diniy tashkilotlar 
va jamoat birlashmalarining manfaatlarini aks ettiruvchi va (yoki) ularni qo‘llab-
quvvatlashga mo‘ljallangan axborot bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi. 
3-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. 
Reklama to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida reklama sohasidagi 
munosabatlar 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston 
Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar 
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin