3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja


O’timal ishlab chiqarish xajmi va sotish



Yüklə 488,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix11.11.2023
ölçüsü488,55 Kb.
#131621
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
3-мавзу

3.4.O’timal ishlab chiqarish xajmi va sotish 
 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Ulaming iqtisodiy mazmuni bo‘yicha quyidagi turlarini ajratish mumkin. 
-
yalpi mahsulot
-
sof mahsulot; 
-
me’yoriy sof mahsulot; 
-
shartli sof mahsulot; 
-
tayyor mahsulot; 
-
tovar mahsuloti; 
-
sotilgan mahsulot; 
-
kritik hajmdagi mahsulot. 
Yap’i mahsulot
hisobot davrida jami ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmini ifodalaydi. U tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) va tugallanmagan 
ishlab chiqarish qiymatidan iborat. Yal’i mahsulot asosida mikro darajada, ya’ni korxona 
bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish darajasiga narx beriladi. Mazkur ko‘rsatkichdan foydalanib mod-
diy, mehnat va moliyaviy resurslaming samaradorlik darajalari o‘rganiladi. 
Yangidan yaratilgan qiymat korxona darajasida sof mahsulot, deb yuritiladi. 
Sof 
mahsulot
mehnat haqi hamda foyda qiymatidan iborat bo‘ladi. Yal’i mahsulotdan 
eskirish hamda moddiy xarajat sarflari ayirib tashlansa korxonada yangitdan yaratilgan qiymat - 
sof mahsulot hisob- lab to’iladi. Ushbu ko‘rsatkich asosida mahsulot ishlab chiqarishning 
samaradorligini tavsiflovchi resuruslar samaradorligi ko‘rsatkichlarini 
aniqlashda, asosiy vositalar qaytimini narxlashda, korxona faoliyat nati- javiyligi 
ko‘rsatkichlariga narx berishda foydalaniladi. 
Sof mahsulotning qiymat ifodasi yangidan yaratilgan qiymatga teng deb olinadi. 
Me’yoriy sof mahsulot
yangidan yaratilgan qiymatning 
o‘zidan iborat. Faqat, bunda o‘zganrvchi (mehnat haqi) qiymat ham foyda summasi ham 
me’yorlar chegarasida olinadi. Demak, me’yoriy ish haqi va me’- yorlashtirilgan foyda summasi 
me’yoriy sof mahsulotni ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichdan foydalanib mehnat unumdorligi, resurslar 
samarasi va boshqa samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. 
Shartli sof mahsulot
qiymati sof mahsulot qiymatiga yaqin 
bo‘ladi. Faqat shartli sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymat (mehnat haqi va foyda) va 
amortizatsiya xarajatlari (asosiy vositalar va nomoddiy aktiv- lar bo‘yicha) iborat boiadi. Ushbu 
korsatkich korxonaga zarur bo‘lgan pul oqimlarini bashoratlash hamda belgilashda muhim 
ahamiyatga ega. 


Tayyor mahsulot.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatida yaratilgan. 
belgilangan barcha texnologik jarayonlardan o‘tgan, o‘matilgan rasmiy talablarga muvofiq 
boTgan, o‘z iste’mol qiymatiga ega buyumlar (ish, xizmatlar) tayyor mahsulot deb hisoblanadi. 
Tayyor mahsulot tovar hamda o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmidan iborat 
bo‘ladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji narxsida, amaldagi bozor va taqqoslama narxlarda 
hisoblanishi mumkin. Tayyor mahsulot ko‘rsatkichi tahlilda asosiy va markaziy 
ko’rsatkichlardan biri sanaladi. Uning asosida tahlilda turli xil vazifalar hal etiladi. 
Tovar mahsuloti.
Korxonada sotish uchun ishlab chiqarilgan mah-
sulot (ish,xizmat) hajmi tovar mahsulotini tashkil qiladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji 
narxsida, amaldagi bozor va taqqoslama narxlarda hisoblanishi mumkin. Tovar mahsuloti 
mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar summasidan va ushbu mahsulot 
bo‘- yicha oladigan foyda summasidan iborat bo‘ladi. 
Sotilgan mahsulot.
Korxonada rasmiy jihatdan sotildi deb tan 
olin- gan mahsulot hajmi sotilgan malisulotni ifodalaydi. Sotilgan mahsulot qiymat ifodasida 
tayyor hamda tovar mahsuloti hajmiga teng yoki ulardan kam bo‘lishi mumkin. Qachonki, 
korxonadagi tayy or yoki tovar mahsuloti to‘liq sotilsa, u holda ular toia ravishda sotilgan 
mahsulotni tashkil etadi. Basharti, tovar mahsulotining bir qismi sotilib, boshqa qis- mi sotilmay 
qolsa, u holda tovar mahsulotining faqat sotilgan qismi sotilgan mahsulot deb tan olinadi. 
Kritik hajmdagi mahsulot.
Ushbu ko‘rsatkich biznes-
rejada belgilangan mahsulot haimi turlaridan biri bo‘lib, mazkur hajmga erishil- ganda, korxona 
mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishdan foyda ol- maydi, ayni bir ‘avtda zarar ham ko'rmaydi. 
Kritik hajmdagi mahsulot miqdoridan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish korxona uchun foyda 
kel- tiradi yoki aksincha. Mahsulot bozor narxlari (ulgurji) asosida reja- 
lashti riladi. 

Mahsulot ish va xizmatlami sotish korxona ulgurji narxsi yoki chakana narxlarda amalga 
oshiriladi. Korxona ulgurji narxsining tuzilishi quyidagicha bo‘ladi. Ya’ni sotilgan 
mahsulotlaming ishlab chiqarish tannarxi, sotilgan mahsulotlar bo‘yicha korxona foydasi, 
sotilgan mah- sulotlar bo‘yicha egri soliqlar summasi. Sotilgan mahsulotning chakana narxsi 
ulgurji narxdan savdo qo‘shimchasi yoki chegirmalari summasiga farq qiladi. 

Yüklə 488,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin