Ishlab chiqarishda kombinatsiyalash uch asosiy shakli bilan farq qilinadi:
xom ashyoni ketma-ket ishlash;
ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish;
xom ashyoni kompleks ravishda ishlash.
Ishlab chiqarish tipi deganda texnikaviy tashkil qilish va iqtisodiy xususiyati,
ixtisoslashtirish va tayyorlangan mahsulot nomenklaturasi, miqyosi va bir nomda chiqariladigan
mahsulot darajasining doimiyligi, barqarorligi va boshqalar yig’indisi tushuniladi.
Ishlab chiqarish ko’lami va ixtisoslashtirish darajasi turlicha bo’lganda,
uskunalardan
foydalanish sharti har xil bo’ladi. Bir xilda ishlab chiqariladigan mahsulot miqyosi uskunalarni
tanlashga va texnologik asbob-uskunalarning kimyoviy xossalariga ta’sir etadi. Ayrim buyumlarni
tayyorlash uchun belgilangan yuqori unumli uskunalar mahsulotlari turlicha bo’lgan va tez-tez o’zgarib
turadigan zavodlar uchun to’g’ri kelmaydi. Ular ishlab chiqarish strukturasini belgilaydi hamda
texnologik jarayon xususiyatini va ularning qurolanganligi, ishlab chiqarish
jarayonlarini va ish
joyidagi mehnatni tashkil qilish shakllarini hamda boshqarishning aniq usullarini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy darajasi ko’p jihatdan ishlab chiqarish turlariga
bog’liqdir. Soha korxonalarining ish tajribasi shuni ko’rsatadiki, hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni
tashkil qilishning asosiy turlari donalab, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishdan iborat.
Donalab mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar iste’moli chegaralangan buyumlarni
tayyorlash uchun tashkil etiladi. Donalab ishlab chiqarishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
tayyorlangan mahsulotning ko’p xilliligi, ulardan asosiy
qismining takrorlanmasligi,
shuningdek, uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab chiqarilishi;
ish joylarini texnologik ixtisoslashtirish, ma’lum detallarni va operatsiyalarni doimiy
ravishda ish joylariga biriktirib qo’yishning mumkin emasligi;
universal uskunalarning va universal yig’uv asbob-uskunalarning qo’llanilishi;
qo’l bilan yig’iladigan va yakunlovchi operatsiyalar salmog’ining kattaligi;
universal va yuqori malakali ishchilardan ko’p foydalanish;
ishlab chiqarish tsiklining nisbatan uzunligi;
uskunalarni tez-tez sozlash natijasida ulardan foydalanish koefitsientining kamligi.
Mahsulotni donalab ishlab chiqaradigan korxonalar samaradorligi va mehnat
unumdorligi darajasining pastligi, asosiy va yordamchi materiallarning ko’p sarf bo’lishi,
mahsulotning tannarxi yuqori bo’lishi bilan boshqa korxonalardan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: