Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to


§ 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspeksiyalarning



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix11.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#131798
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
§ 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspeksiyalarning 
huquqlari va javobgarligi
18. Hududiy inspeksiyalar o„zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish 
uchun Davlat inspeksiyasining huquqlari bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ham ega: 
1) davlat va xo„jalik boshqaruvi hududiy organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati 
organlaridan hududiy inspeksiyalarning vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur 
bo„lgan axborotni belgilangan tartibda so„rash va olish; 
2) davlat va xo„jalik boshqaruvi hududiy organlariga, mahalliy davlat hokimiyati 
organlariga ko„rib chiqish uchun hududiy inspeksiyalar vakolatiga kiradigan masalalar bo„yicha 
takliflarni ko„rib chiqish uchun kiritish; 
3) Davlat inspeksiyasi hay‟ati va ilmiy-texnik kengashi ishida qatnashish; 
4) Davlat inspeksiyasi topshirig„iga ko„ra aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik 
huquqlari sohasidagi masalalar bo„yicha yig„ilishlar va seminarlar tashkil qilish va o„tkazish;
5) 
hududiy 
inspeksiyalarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo„yicha takliflar 
kiritish; 
6) 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
fonogrammalar, 
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun 
hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari buzilishlari bilan bog„liq materiallarni vakolatli 
organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;
7) Davlat inspeksiyasiga hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va xodimlari uchun malaka 
oshirish kurslarini tashkil qilish bo„yicha takliflar berish; 
8) hududiy inspeksiyalarga malakali va qobiliyatli yosh xodimlarni jalb qilish. 
Hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo„lishi 
mumkin. 
19. Hududiy inspeksiyalar quyidagilar uchun mas‟ul: 
1) hududiy inspeksiyalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o„z vaqtida va sifatli 
bajarilishini ta‟minlash; 
2) o„z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo„yicha aniqlangan kamchiliklar to„g„risidagi 
ma‟lumotlarni vakolatli organlarga o„z vaqtida taqdim etish; 
3) 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
fonogrammalar, 
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida fuqarolar va 
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini va ularga rioya 
etilishini ta‟minlash; 
4) 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
fonogrammalar, 
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun 
hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta‟minlash;
5) Davlat inspeksiyasiga kiritiladigan hujjatlar va takliflarning loyihalarini ishlab chiqish 
sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari; 
6) Davlat inspeksiyasining markaziy apparati bilan birgalikda aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni 
tarqatishda 
mualliflik 
huquqlari 
sohasida 
qonunchilikka 
rioya 
qilinishi yuzasidan nazoratni 
ta‟minlash bo„yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo„l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning 
samarali amalga oshirilishi.



Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin