§ 3. Davlat inspeksiyasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish tartibi 35. Davlat inspeksiyasi o„z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo„jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o„zaro
hamkorlik qiladi.
36. Davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari,
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar bilan o„zaro hamkorlik qiladi.
37.
Davlat
inspeksiyasi
foydalanilishi
cheklangan
axborotning
muhofaza qilinishini
ta‟minlash, faoliyat turiga doir litsenziya bitimlari shartlariga rioya qilish, axborotni kriptografik
muhofaza qilish shu jumladan, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM dasturlarini tarqatishda
mualliflik huquqlarini ta‟minlash sohasidagi mahsulotlarni sertifikatlash masalalari bo„yicha
xo„jalik yurituvchi subyektlar, boshqa tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda ishlaydi.
38. Davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari,
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik, radiochastota spektridan foydalanish, elektron raqamli imzo
va fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari
sohasida monitoring olib borish, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish bo„yicha
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar bilan o„zaro hamkorlik qiladi.
39. Hududiy inspeksiyalar o„z vakolatlari doirasida davlat va xo„jalik boshqaruvi
organlarining hududiy boshqarmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o„zaro hamkorlik
qiladi.
8-bob. Davlat inspeksiyasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari