telekommunikatsiyalar,
pochta
aloqasi,
teleradioeshittirish
tarmoqlarida
va
axborot
tizimlarida axborot xavfsizligini ta‟minlash ishlarining xo„jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
bajarilishi yuzasidan nazoratni, o„rganishni va tekshiruvni tashkil etadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida huquqbuzarliklar
profilaktikasi, ularning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo„yish bo„yicha kompleks
tadbirlar amalga oshirilishini ta‟minlaydi;
monitoring va tekshirishlar natijalari bo„yicha aniqlangan qoidabuzarliklar haqida tegishli
qarorlar
qabul qiladi, ko„rsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi,
shuningdek, litsenziya beradigan organga xo„jalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarining amal
qilishini to„xtatib turish yoki tugatish to„g„risida takliflar kiritadi, Davlat inspeksiyasi vakolatlariga
kirmaydigan
qoidabuzarliklar bo„yicha materiallarni belgilangan tartibda tegishli vakolatli
organlarga beradi;
o„tkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va
qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni tegishli davlat organlariga
ko„rib
chiqish uchun kiritadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyatni amalga
oshiruvchi xo„jalik yurituvchi subyektlar tomonidan axborot xavfsizligini, shu jumladan
foydalanilishi
cheklangan
axborotning
himoyalanishini
ta‟minlash,
axborotni
kriptografik
himoyalash sohasidagi faoliyat turi bo„yicha litsenziya bitimlari va mahsulotlarni sertifikatlash
shartlariga rioya etish masalalari borasida davlat organlari bilan o„zaro hamkorlik qiladi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma‟muriy jazo choralarini qo„llaydi;
2) o„z vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari
xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar,
audiovizual asarlar va
EHM uchun dasturlar tarqatilishida iste‟molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini ta‟minlash
yuzasidan nazorat sohasida:
respublika
hududida
joylashgan
aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya
texnologiyalari sohasidagi xo„jalik yurituvchi subyektlarda pochta aloqasi, axborot texnologiyalari
va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari parametrlari va sifat
ko„rsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan monitoring, tekshiruv va nazorat
o„tkazadi;
texnik
vositalar
va
axborot
tizimlari
orqali
telekommunikatsiyalar
tarmoqlari
xizmatlarining parametrlari va sifat ko„rsatkichlarining muvofiqligini o„lchaydi va monitoring olib
boradi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarini
hamda davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan,
shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat‟i nazar, boshqa tashkilotlar va
idoralar tomonidan elektron davlat xizmatlarini ko„rsatish masalalari bo„yicha yuridik va jismoniy
shaxslarning murojaatlarini zarur holatlarda joyiga borib hamda tegishli hujjatlarni o„rgangan holda
qonun hujjatlariga muvofiq ko„rib chiqadi;
vakolatli davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tariflar ro„yxatiga kiruvchi pochta
aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlariga tariflarning to„g„ri qo„llanilishini qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda tekshiradi;
ko„rsatiladigan xizmatlar, tariflar, xizmatlar ko„rsatish qoidalari to„g„risidagi axborotning,
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish
sohasida xo„jalik yurituvchi subyektlarning ish tartibi va ularni tartibga soluvchi boshqa
axborotlarning mavjudligi va foydalanuvchilar uchun tushunarliligini, shuningdek, ular tomonidan
ko„rsatiladigan xizmatlar hajmining to„liqligi va muddatlarini nazorat qiladi;
O„zbekiston
Respublikasi
hududida
xorijiy
ommaviy
axborot
vositalarining
teleradiomahsulotlarini va davriy nashrlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishini belgilangan tartibda
nazorat qiladi, o„rganadi va tekshiradi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari
sifati bo„yicha statistik hisobotlarning ishonchliligiga rioya etilishini
nazorat qiladi va tekshiradi;
hisoblangan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning belgilangan muddatlarga rioya qilingan
holda to„lanishi va to„lanayotgan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning summasi to„g„riligini
nazorat qiladi;
aloqa
mahsulotlari
sifatiga
va
iste‟molchilarning
huquqlarini
himoya
qilishga,
telekommunikatsiyalar
vositalari
parametrlariga,
radioelektron vositalar va yuqori chastotali
qurilmalar radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar,
texnik shartlar, qoidalar, yo„riqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini ko„rib chiqadi
va ular bo„yicha xulosalar beradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari
sohasida normativ-huquqiy
hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab
chiqish, qayta ko„rib chiqish bo„yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;
3) fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatish (sotish, ijaraga
berish, barchaning e‟tiboriga yetkazish)da mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va
normativ hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan nazorat sohasida:
faoliyatni amalga oshirishda litsenziya bitim talablari va shartlarining xo„jalik
yurituvchi
subyektlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, o„rganadi va tekshiradi;
fonogrammalar,
audiovizual
asarlar,
EHM
uchun
dasturlarni
tarqatishda
mualliflik
huquqlariga rioya etilishini o„rganadi, monitoring qiladi va tekshiradi, uning yakunlari bo„yicha
tegishli xulosalar tayyorlaydi;
Dostları ilə paylaş: