Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix11.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#131798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Oldingi
 tahrirga qarang. 
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun dasturlarni sotish, ijaraga berish va 
barchaning e‟tiboriga yetkazish bo„yicha faoliyatni amalga oshiradigan xo„jalik yurituvchi 
subyektlarni tekshirish natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda tahliliy materiallarni 
O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi;
(10-bandning uchinchi kichik bandi to„rtinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 26-apreldagi PQ-221-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-
y., 07/22/221/0357-son) 
Internet tarmog„ida mualliflik huquqi obyektlari noqonuniy tarqalishini (barchaning 
e‟tiboriga yetkazilishini) bartaraf etish choralarini ko„radi;
4) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida, 
shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani 
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish 
sohasida:
davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, 
shuningdek, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari va 
tashkilotlarida “Elektron hukumat” tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
va rivojlantirish jarayonlarini belgilangan tartibda o„rganadi, monitoring qiladi va tekshiradi; 
“Elektron hukumat” tizimida davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati 
organlarida 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini 
o„rganadi va tekshiradi; 
davlat va xo„jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, 
shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalari sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablari 
bajarilishini nazorat qiladi; 
davlat va xo„jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, 
shuningdek, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot resurslari va elektron davlat xizmatlarining 
mavjudligi hamda ulardan foydalanishning imkoni yaratilganligi ustidan monitoring va tekshiruv 
olib boradi;
5) ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlarini, 
ma‟lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, 
davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan elektron davlat xizmatlari ko„rsatish 
samaradorligi yuzasidan nazorat sohasida: 


ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari, 
ma‟lumotlar uzatish va ma‟lumotlar almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish hamda 
ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qiladi, baholaydi va 
tekshiradi;
davlat va xo„jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlari ustidan olib borilgan 
monitoring va tekshiruv natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklarni 
bartaraf etish bo„yicha tegishli xulosa va takliflar tayyorlaydi;
davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining 
holati 
va 
ularni 
rivojlantirish 
to„g„risida 
axborotlarning ishonchliligi ta‟minlanishi va o„z vaqtida taqdim etilishini o„rganadi, tekshiradi va 
monitoringini olib boradi;
6) “oxirgi milya” tamoyili bo„yicha Internet tarmog„idan keng polosali foydalanishni, 
multiservis 
aloqa 
tarmoqlari 
texnologiyalarini, 
mobil 
aloqa 
bozorini, 
boshqa 
zamonaviy 
telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar 
tarqatishni kengaytirish yo„li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan 
nazorat sohasida: 
qonun hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotlashtirish tizimlari va 
vositalari yaratilishi va ishlatilishi bo„yicha xo„jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshiradi, 
o„rganadi va nazorat qiladi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarining yangidan 
quriladigan va qayta quriladigan obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarida 
qatnashadi. 
Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. 

Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin