2. Buxgalteriya registrlari bilan to ‘liq ta’minlanish.
3.Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini
to‘g ‘ri aks ettirib chiqish.
4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda
o ‘z vaqtida yozish.
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich
qoldiqlar
aks ettirilganda, oldingi hisobot davri uchun oxirgi qoldiq
ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu boshlang‘ich qoldiq summalari tegishli
buxgalteriya hisobi registrlarida
aks ettirilayotganda, ulam ing tagiga
chiziq chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab,
hisobot davri
davomida aks ettirilgan aylanma summalari bilan boshlang‘ich qoldiq
summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik.
Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda,
xuddi
dastlabki hujjatlarga qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. Yozuvlami
aks ettirish talablari shundaki, siyohli, ruchkalardan,
kimyoviy
qalamlardan, yozuv mashinkalaridan foydalanish zarur.
Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, taqiqlanadi bu bilan
yozuvlami o ‘zgartirishning oldi olinadi, yozuvlami
uzoq vaqt saqlanishi
ta’minlanadi.
Yozuvlami buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga
ko‘ra, mashinada yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin.
Mashinada yozish deganda,
yozuv mashinalari, elektron hisoblash
mashinalari
yordamida
buxgalteriya
registrlarini
rasmiylashtirish
tushuniladi.
Buxgalteriya registrlaridagi yozuvlar ulardan necha nusxadan
rasmiylashtirilishiga ko‘ra, bir va bir necha nusxali bo‘ladi.
Bir
necha
nusxada
buxgalteriya
hisobi
registrlari
rasmiylashtirilishida,
ulami
har
bir
nusxasi
alohida-alohida
rasmiylashtirilishi
yoki
ko ‘chirish
qog‘ozlari
(kopirovka)dan
foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin.
Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan,
dastlabki hujjatlar
121
bo‘lib, ularga dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)lami,
schyot-fakturalami,
nakladnoylami,
to ‘lov
talabnomasi,
to ‘lov
topshiriqnomalarini, shartnomalami misol tariqasida keltirish mumkin.
K o‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlami aks ettirish orqali xato
yozuvlar
kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida
buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: