O‘g‘il bolalar trikotaj sorochkalari
Bolalar trikotaj asos konstruksiyasini qurishning bir nechata metodikalar
mavjud bo‘lib, quyida ingliz metodikasi (Aldrich) bo‘yicha o‘g‘il bolalar
trikotaj
srochkasi asos konstruksiyani qurish keltirilgan.
Trikotaj matosi harakatlanuvchi iplar tizimidan iborat bo‘lib, tekis holdan biror-
bir yuzaning qobig‘i holatiga o‘tganda cho‘zilish va buralish deformasiyasi
ta’sirida bo‘ladi. Mato eniga cho‘zilganda bo‘yiga qisqaradi va aksincha. Shuning
uchun trikotajning eniga cho‘ziluvchanligi ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lib, kiyimni
yonidan qisqartirish evaziga kamaytirish mumkin.
Shuning uchun trikotaj matolarni konstruksiyalash
jarayonida birinchi guruh
cho‘ziluvchanlikdagi yelka kiyimlar uchun uchunchi ko‘krak aylanasi uchun
qo‘shimcha 2-3 sm dan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Ikkinchi va uchunchi
cho‘ziluvchanlik matolari uchun qo‘shimcha o ga tengdir. Birinchi guruh
cho‘ziluvchanligiga esa trikotaj matodidan kiyim konstruksiyalashda gazlamadan
tikiladigan konstruktiv modellash prinsipi qo‘llaniladi.
Konstruktiv qo‘shimcha qiymati trikotaj matosi cho‘ziluvchanligiga
va kiyim
siluetiga, model ko‘rinishiga bog‘liq. Agar mato cho‘ziluvchan bo‘lsa, qo‘shimcha
qiymat berilmasligi ham mumkin. Adabiyotlarda trikotaj matosidan kiyimlarni
konstruksiyalashda trikotaj matosi cho‘ziluvchanligiga
qarab quyidagi
qo‘shimchalar tavsiya etiladi (1-jadval):