O‘g‘il bolalarsorochkasini modellashda unifikatsiyalangan bo‘laklardan keng
foydalaniladi. Katta bo‘laklar (old, ort, yeng, koketka) bilan birga mayda bo‘laklar
ham unifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin. Bitta asos konstruktsiya asosida
unifikatsiyalangan bo‘laklarni almashtirish vositasida bir necha modellarni qurish
mumkin. Cho‘ntak, yoqa, qotirma bo‘laklari ham unifikatsiyalangandir.
O‘g‘il bolalar sorochkasini modellash bosqichlari sorochka vazifasiga,
uslubiy yechimiga (sport, klassik, romantik, milliy) bog‘liq: O‘g‘il bolalar
sorochkasini modellash namunalari 2-rasmda ko‘rsatilgan.
3-rasmda O‘g‘il bolalar sorochkasining namunaviy varianti ko‘rsatilgan. Bu
sorochka kalta yengli, yoz mavsumi uchun mo‘ljallangan, klassik uslubda
bo‘lib, turli yosh guruhlaridagi (kichik, o‘rta, katta) erkaklarga tavsiya etiladi.
Sorochka taqilmasi plankada 6 tugma va izmali bo‘lib, yoqasi yaxlit tik
qaytarma yoqali bo‘ladi.
Chap tomonida bitta qoplama cho‘ntak tikilgan. Yengi kalta va manjetli
yoqa chetlari, taqilma plankasi va manjet chetiga bezak choki tikilgan. 4, 5, 6-
rasmlarda
O‘g‘il bolalarsorochkasining old va ort bo‘laklari model
konstruktsiyasining chizmasi ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: