Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

1-rasm. Maishiy kiyimlar 
Sport kiyimlari sportchining tanasini turli xil shikastlardan saqlash bilan birga, 
bolalarning sport sohasida katta yutuqlarga erishishi uchun zamin tayyorlashdir(2-
rasm).
2-rasm. Sport kiyimlari 
Formalik kiyimlar ma’lum bir tashkilot (maktab, litsey, kollejlarda kiyish uchun 


bo‘ladi (3-rasm). 
3-rasm. Forma kiyimlari ma’lum bir tashkilot (maktab, litsey) 
Bolalar kiyimlari yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozgi, qishki va 
bahorgi, kuzgi mavsumda kiyiladigan kiyim turlariga bo‘linadi(4-rasm). 
4-rasm. Yozgi, qishki va bahorgi-kuzgi kiyimlar 
Bundan tashqari bolalar kiyimlari qayerga kiyilishiga qarab quyidagilarga: 
-kundalik kiyim(5-rasm), 
-tantanali kiyimlarga(6-rasm) ajratiladi. 


5-rasm. Kundalik kiyim 
6-rasm. Tantanali kiyimlar 
Quyida bolalar kiyimi assortimenti turlari keltirilgan. Ko‘ylak - kiyimni yig‘ma 
shakli, ichki kiyim ustidan kiyiladi. Lif va yubkadan tashkil topgan qiz bolalar 
yengil kiyimi.
Sarafan-qiz bolalar yengsiz kiyimi turi Ko‘ylak-sorochka - erkaklar 
sorochkasiga o‘xshagan o‘g‘il bolalar to‘g‘ri va yaxlit bichimli kuylak turi. 
Fartuk-ko‘ylak - old bo‘lagi bir biriga o‘tgan (zapaxli) ko‘ylak turi 
Yubka - turli uzunlikdagi bel kiyim turi Mini yubka - tizzadan yuqoridagi 
uzunlikdagi bel kiyim turi Midi yubka - boldir o‘rtasigacha uzunlikdagi bo‘lgan 
bel kiyim turi 
Maksi yubka - to‘piqgacha uzunlikdagi bel kiyim turi Klesh-yubka - bo‘ksa 
qismidan kengaygan yubka Yubka-gode - bo‘ksa chizig‘idan yoki tizza chizig‘idan 
kengaygan yoki klinlardan tashkil topgan yubka 
Kuyosh bichimidagi yubka - tekislikda aylana shaklidagi konstruksiyaga ega 
bo‘lgan yubka 
Yarim-kuyosh yubka - tekislikda yarim aylana shaklidagi konstruksiyaga ega 
bo‘lgan yubka 
Portfel yubka - taqilmasi oxirigacha, tizzagacha yoki belida belbog‘li ochiq 


taqilmali bir birini yopib turadigan bel kiyimi Shim- belbog‘li va molniya tasmali 
(o‘rtasida go‘lfik) va ayollarda yon chokida taqilmali bel kiyimi 
Djinsi shim - ko‘k (indigo) rangga bo‘yalgan djinsi (denim) matodan uzun 
bezak chokli, qoplama cho‘ntakli taqilmasi tugmali yoki molniya tasmali va ishlab 
chiqargan firma yorliqlari tushirilgan bel kiyim 
Banan shim - beli qismida vitochkalarni o‘rniga taxlamali bo‘ksa qismida 
kengayib, pocha qismiga kelib toraygan shim turi 
Golf-shim - etak qismi tizzadan pastroqda ulama manjetli o‘rta kenglikdagi 
shim turi 
Bridji - ilgarilari ot minish uchun mo‘ljallangan tepasi keng tizza qismidan 
toraygan shim turi; Galife kabi uni ham uzun etiklar bilan kiyishgan, hozirda esa 
bridji deb ancha tor, tizzagacha bo‘lgan ishtonni atashadi. 
Kapri - tizzadan pastroqdan tor shim Shortik - kalta shim 
Klassik shortik - dastlab sport kiyimi yoki safari uslubidagi kiyim elementi 
bo‘lib tanilgan, belbog‘li, kamar tutgichli, qaytarmali kalta ishton 
Kombinezon (fr. - combinaison, birikma, bog‘lama) - kiyimni tepa qismini va 
shim yoki shortikni birikmasidan iborat (ko‘p hollarda yengli) ustki kiyim turi. 
Ayrim hollarda kombinezon kapyushon bilan to‘ldiriladi 
Kombinezon-ko‘ylak - kiyimni tepa qismini va keng shimni yoki keng shortikni 
birikmasidan iborat ustki kiyim turi. 
Ko‘ylakni ustidan kiyiladigan kiyim - palto, kurtka, plash va hokazolar - 
kostyum-ko‘ylaklik assortiment deb ataladi. 
Kostyum - bir xil matodan tikilgan bir necha qismdan (ikki yoki uch) iborat 
kiyim turi (pidjak-shim, jaket-yubka, jilet-yubka- shim) 
Palto - ochiq markaziy taqilmali, taqilmasi tepadan pastgacha bo‘lgan, yengli 
(uzunligi 3/4 , yoki kaftgacha), cho‘ntakli va yoqali ustki kiyim turi. Odatda palto 
astar bilan tikiladi. Palto qishki va mavsumiy bo‘lishi mumkin, to‘g‘ri, trapetsiyali, 
yarim yopishgan va yopishgan siluetli bo‘lishi mumkin. Yengi tutashtirma, reglan, 
kombinatsiyalashgan va yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin. 
Shuba - tabiiy yoki sun’iiy jundan tayyorlangan palto Dublenka- maxsus ishlov 
berilgan terilardan tayyorlangan palto turi (ko‘pincha qo‘y terisi juni ichkariga 
qilib tikiladi) 
Daflkot - jun matodan tikilgan taqilmasi shnur yoki charm shnur va tugmasi 
cho‘p shaklidagi katta-katta yog‘ochli, kapyushonli yarim palto turi 
Plash - yengsiz yopinchiq turdagi yoki suv o‘tkazmaydigan gazlamadan tikilgan 
astarli yengil palto turi 
Poncho- bosh uchun tirqish qoldirilgan ikki kismli to‘rtburchak shakldagi 
gazlamani bir biriga biriktirlgan kiyim Pelerina- ko‘ylak yoki palto ustidan 
kiyiladigan belgacha keladigan yopinchiq 
Kurtka - aniq shakli bo‘lmagan taqilmasini uzunligi har xil bo‘lgan yelkali ustki 
kiyim 
Vetrovka- shamoldan va yomg‘irdan himoya qiluvchi qulay, ko‘pincha astarsiz 
ustki kiyim turi 
Roker kurtkasi (perfekto, «kosuxa») - qaytarma yoqali, uzunligi belgacha, 
taqilmasi assimetrik shakldagi charm kurtka Jaket- uzunligi belgacha yoki 


bo‘ksagacha bo‘lgan yengli, yoqali, cho‘ntakli yelkali ustki kiyim. Bu tushuncha 
erkaklar va ayollarga birdek tushuniladi 
Jilet- uzunligi belgacha yoki bo‘ksagacha bo‘lgan yengsiz, yelkali ustki kiyim 
turi. Yoqali yoki yoqasiz bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin