Bolalar kiyimiga qo‘yiladigan talablar
. Hozirgi kunda boshqa iste’mol
mahsulotlari kabi, bolalar kiyimga nisbatan yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda.
Bolalar kiyimining asosiy talablari: oddiylik va go‘zallik hisoblanadi.
Kiyimni loyihalash jarayonida bolaning yoshi, kiyimni kiyish shart-sharoitlari,
gazlamaning xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Bolalar gavdasining
mutanosibligi kattalar gavdasi mutanosibligidan farq qiladi, shuning uchun bolalar
kiyimining fasonlari kattalarnikini takrorlamasligi kerak. Yasli bog‘cha yoshdagi
qiz bolalar ko‘ylaklari asosan yelkadan boshlanadigan oddiyroq ko‘ylak, sarafanlar
hisoblanadi. Ularda burmalar, koketkalar, koketka ostidan mayda taxlama yoki
burmalar bo‘lishi mumkin. Maktab yoshidagi qizlar ko‘ylaklari esa ko‘p hollarda
bel qismidan ajralgan, etak qismiga kengaygan bo‘ladi. Bolaning yoshiga qarab
gazlama tanlanadi. Yasli va bog‘cha yoshidagi qizlar uchun, ya’ni ko‘proq turli
o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘ladigan qizlar uchun, yengil, qimmat bo‘lmagan, yorqin
rangli gazlamalar ishlatib, ularning gullari har xil, ya’ni mayda gulli, mayda
kataklar, hayvonchalar rasmlari bo‘lgan gazlamalar bo‘lishi mumkin. Ularda kant,
tesmalardan bezak sifatida foydalaniladi.
Maktab yoshdagi qizlarning kiyimlarida yirik katak, yo‘l- yo‘lli, yirik va mayda
gulli, noaniq gulli gazlamalar ishlatiladi. Kiyimning bezagi gazlama rangiga, kiyim
vazifasiga qarab tanlanadi. To‘r, volan, ryush, burmalar, kashta taxlama, mayda
chimdib olish, yoqalar, cho‘ntaklar, tugma, kamar, manjetlardan foydalanib
kiyimni bezash mumkin.
O‘g‘il bolalar kiyimlari ham qulay va chiroyli bo‘lishi kerak. Yasli va bog‘cha
yoshidagi bolalarga ko‘pincha oddiy bichimdagi kostyumchiklar, shimlar,
shortiklar, kombinizonlar tikish mumkin. Bolalar kiyimi uchun paxta, shoyi tolali,
paxmoq, chiy duxoba, arzon jun tolali gazlamalar tavsiya qilinadi.
Bolalar kiyimlarigi har qanday tikuv buyumlariga qo‘yilaganidek 2 xil talab
qo‘yiladi.
1.Is’temolchi talabi
2.Ishlab chiqarish talabi.
Ist’molchining talabi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi.
1.Gigiyenik talab;
2.Ekspluatatsion talab;
3.Estetik talab.
Gigiyenik talab deganda shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda odam
sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerak. Bolalar terisi juda nozik bo‘lib ular uchun
kiyimlarni loyihalash jarayonida gigiyenik talab asosiy talablardan biri
hisoblanadi. Bolalar kiyimlari erkin harakatlanish vaqtida xalaqit bermasligi kerak.
Bolalar kiyimlari tanaga yopishib turmasligi, ularni erkin nafas olishiga qulay
bo‘lishi lozim. Yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o‘tkazuvchan bo‘lishi,
quyosh nurini qaytaruvchan bo‘lishi, namni shimuvchan bo‘lishi kerak. Bunda
gazlama asosiy rol o‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab
qilinadi. Ayniqsa chaqaloqlar guruhi uchun 100% tabiiy tolali gazlamalar tavsiya
etiladi.
Ekspluatatsion talab iste’molchining kiyim chidamliligiga qo‘ygan talabidir.
Bolalar juda harakatchan bo‘lib ularning kiyimlari turli mexanikaviy va biologik
ta’sirlarga duch keladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday
ta’sirlarda kiyim sitiladigan, cho‘ziladigan, rangini o‘zgar- tiradigan yoki
g‘ijimlanadigan bo‘lsa, u uzoqqa chidamaydi. Undan tashqari, kiyim yoqalari,
yenglari, bortlari, cho‘ntak og‘izlari ko‘p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik
ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi.
Estetik talab kiyim tashqi ko‘rinishi jihatidan bichimi, gazlamasi, bezaklari,
ularga ishlov berish, chiroyli bo‘lishi, sifatli bo‘lishi talab qilinadi. Bolalar
kiyimining kompozitsion yechimi, bichimi va bezaklari zamonaviy modaga mos
bo‘lishi va tana tuzilishidan kelib chiqib tanlanishi lozim. Unda qo‘llanadigan
ranglar turli-tuman bo‘lib, har bir bolaning yosh xususiyatiga, kiyim turiga va nima
maqsadda kiyilishiga qarab tanlanadi. Bolalar kiyimlari uchun asosan yorqin
rangdagi matolardan foydalaniladi.
Yuqorida keltirilgan talablar bolalar yosh guruhiga qarab o‘zgarib borishi
mumkin. Ayrim yosh guruhida gigiyenik va estetik talab yuqori bo‘lsa, boshqa
yosh guruhida qulaylik va chidamlilikka ahamiyat beriladi.
Ishlab chiqarish talablariga mehnat sarfini qisqartirish va materiallardan
ratsional foydalanish yo‘li bilan mahsulotni tayyorlashda texnik - iqtisodiy
maqsadga muvofiqligini ta’minlash kiradi
.
6-ilova
Dostları ilə paylaş: |