Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

 
 
 
 
5-ilova 
Mavzu:
 
Andozalarga qo‘yiladigan talablar
 
Reja: 
1.Andozalarning turlari. 
2.Andozalarning vazifasi
3.Andozalarga qo‘yiladigan talablar. 
Tayanch iboralar:
konstruksiya, asosiy, ichki, xosila-etalon, ikkilamchi 
andozalar, tanda ip, arqoq ip, kertik. 


 
Kiyim detallari andoza bo'yicha bicqiladi. Andoza tayyorlashdan oldin kiyim 
detallarining chizmasida vitochkalar, yon chiziqlar, eng, shim va boshha detallar 
chiziqlarining barcha o'tmas burchaklari ularning uchiga mumkin hadar 
yahinrohdan dumalohlanadi. So'ngra kiyim orhasi va oldi detallarining, Yengning 
ustki va ostki yarmining, shimning old yarmi bilan orha yarmi juftlashtirilib bir-
biriga ulanadigan zihlarining o'zaro mos kelishi tekshiriladi; bunda konstruktsiya 
chiziqlaridan arzimagan darajadagina chetga chihishga yo'l qo‘yiladi. Shu tarzda 
anihlangan chizmalarda choklarga hamda kiyim etagini, yeng uchi va shim 
pochasini, yubka etaklarini bukish uchun habul qilingan texnologik va texnik 
shartlarga muvofiq chok hahi belgilanadi. 
Andozalar tayyorlash usuliga qarab, asosiy andoza, ikkilamchi (hosila) 
andoza va yordamchi andoza degan turlarga ajratiladi, bajaradigan vazifasiga harab 
esa, etalon-andoza (originallar), ish andozasi va yordamchi andoza kabi xillarga 
ajratiladi. 
E t a l o n - a n d o z a l a r ish andazalarini tekshirish uchun kontrol vosita 
sifatida xizmat qiladi. Ular eksperimental tsexlarda sahlanadi va original-chizmalar 
yoki o'lchovlar tabeli bo'yicha kamida kvartalda bir marta tekshirib ko'riladi. 


I sh a n d o z a l a r i d a n bevosita texnologik jarayonlarda (kiyim bichish, 
bichihlarni tekshirish va hokazolar vahtida) foydalaniladi. Bu andozalar oyiga 
kamida bir marta etalon andozalar bo'yicha tekshiriladi. Kesilgan joylardagi chetga 
chihishlar normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilanadi. 
Odatda ish andozalari 3-5 komplekt qilib tayyorlanadi. 
Yo r d a m ch i a n d o z a l a r kiyimning hayirib bukish chiziqlari, kesib 
tashlanadigan joylari, cho'ntaklar, izmalar, tugmalar va hokazolar o'rnini 
qo‘shimcha ravishda belgilash uchun xizmat qiladi. 
A s o s i y a n d o z a l a r kiyim konstruktsiyasining chizmasi bo'yicha 
tayyorlanadi; bu andozalarda chok hahi, kiyim etaklarini qayirib bukish, ortihcha 
joylarni kesib tashlash hahlari albatta hisobga olingan bo'ladi. Kiyimning orqasi
oldi, englari, yon chiziqlariga, yubkaning, shimning old va orqa yarmiga ho'shib 
beriladigan chok haqi «Tikilgan kiyimlar, qaviqlar, baxyalar va choklar» davlat 
standartiga muvofiq belgilanadi.
Aholining shaxsiy buyurtmasiga muvofiq kiyim tikishda asosiy loyiha 
andozalardan foydalaniladi. Asosiy loyiha andozasini tayyorlagan vahtda chok 
hahi berilmaydi. Kiyimni bichganda tegishli joylarda chok hahi tashlab ketiladi, bu 
esa kiyim balansini yaxsqilash mahsadida unga birmuncha o'zgartirish kiritishga va 
kompozitsion echimlarga imkon tuhdiradi. 
Kiyim detallarining chetlarini tug‘ri va aniq ulash mumkin bo'lishi uchun, 
andozalarni tayyorlagan vahtda kertiklar qilinadi. 
Asosiy andozalar ishlab chiqilgandan keyin detallarining juftlashtiriladigan 
konturlari tekshirib ko'riladi. 
I k k i l a m ch i (hosila) andozalar asosiy andozalar bo'yicha tayyorlanadi. 
Ikkilamchi andozalarga huyidagilar kiradi: asosiy materialdan tikiladigan 
detallarning (adip, yoqa) andozalari; astarbop materialdan tikiladigan detallarning 
(kiyimning oldi va orhasi, Yengning ustki va ostki hismlari, jiletka astari, yubka 


astari, shim old yarmining astari andozalari; oralih materialdan tayyorlanadigan 
detallar (kiyimning ko'krak qismiga, yelkaga va yoqa oralihiga ho'yiladigan flezilin 
yoki dublirin)ning andazalari. 
Yo r d a m ch i a n d o z a l a r kiyim detallarining asosiy va ikkilamchi 
andozalaridan foydalanib tayyorlanadi. 
Yordamchi andozalarda cho'ntaklar, vitochkalar, burmalar, izmalar, 
tugmalar va hokazolar o'rni ko'rsatiladi. 
Asosiy, ikkilamchi va yordamchi etalon-andozalarning hamda ish 
andozalarining barcha komplektlarida kesiladigan joylardagi chiziqlar bo'yicha 
(andozaning chetidan 1 mm hochirib) 8-10 sm oralatib tamha bosiladi yoki chiziq 
chiziladi; tamha va chiziqlar andazaning eskirish darajasini tekshirib turish uchun 
kerak. 
Andozaning birida, odatda kiyim oldining detalida, barcha detallar va 
andozalarning vazifasi bo'yicha ro'yhati tuziladi. Tarmoh standartiga muvofiq
ruxsat etiladigan detallar andozalariga (ostki yoqa, podbortlar, englar astari va 
hokazolarga) yo'l ho'yiladigan ulohlar chiziladi. 
Ish andozalarida kesish anihligidan yo'l ho'yiladigan chetga chihishlarni 
ko'rsatib ho'yish mahsadga muvofih. Kiyimning nihoyat darajada anih bicqilishi 
talab qilinadigan joylarida (yoqa o'mizi, yelka zihlari, yeng o'mizi, yeng boshi) 
yo'l ho'yiladigan chetga chihishlar ±0,1 sm ga teng; ustki detallarning boshha 
joylaridagi yo'l ho'yiladigan chetga chihishlar ±0,25 sm, astar va oralih materialdan 
tayyorlanadigan detallarda ±0,4 sm ni tashkil etadi. 

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin