Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna


 
 
1-ilova 


2-ilova 
 
3-ilova 
 


4-ilova 
5-ilova
 
40-mavzu: Kiyim andozalarni (gradatsiyalash) ko‘paytirish. 
Reja: 
1. Texnik ko‘paytirishning maqsadi
2. Andozalarni ko‘paytirish usullari 
3. Andozalarni ko‘paytirishning tasnifi 
 
Tayanvh iboralar:
andozalar, razmer, nur usuli, gruppalash usuli, proportsional 
hisoblash usuli, detal.
Andazalarni tеxnik ko‘paytirishdan maqsad mazkur modеl uchun 
loyihalanadigan kiyimning barcha razmеrlari hamda rostlari uchun andazalar hosil 
qilishdir. 
Andazalarni tеxnik ko‘paytirish ishi bilan modеl tuzuvchi tashkilotlar
tikuvchilik korxonalarining laboratoriyalari hamda konstruktorlik byurolari 
shug‘ullanadi. 
Andazalarni ko‘paytirishning qo‘lda bajariladngan bir nеcha usullari bor; 
shunnngdеk, ularni kompyuterlardan foydalanib avtomatlashtirilgan rеjimda 
ko‘paytirish ham mumkin. 
Andazalarni ko‘paytirishning nur usuli shundan iboratki, markaz (fokus) 
sifatida qabul qilingan nuqtadan nur (chiziq)lar chiqariladi; bu nurlar fokusni kon-
struktiv nuqtalarga tutashtiradi; nurlar (chiziqlar)ning uzunligi hisoblash 
jadvallaridan olingan orttirish qiymatlari uzunligicha davom ettiriladi. Bu usul 


sodda bo‘lishi bilan birga, u kamchilikka ham ega; bu kamchilik fokus tanlashga 
taalluqlidir: konstruktiv nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularni aniqlash shuncha 
qiyinlashadi. Bu usuldan asosan bosh kiyimlari hamda korsеtli (qullobli) kiyimlar 
ayrim dеtallarining andazalarini ko‘paytirishda foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish sharoitida model detallarining dastlabki, ya’ni original 
andazalari model tavsiya qilingan razmerlar va to'lalik guruhining faqat bitta o'rta 
bo'y va razmeriga tayyorlanadi. Andazalarning qolgan razmer hamda bo'ylari esa 
dastlabki bo‘y hamda razmerdagi andazalarni proporsional ravishda rasmiy
qoidalarga ko'ra kattalashtirish yoki kichraytirish orqali olinadi. 
O ‘rta razmer va bo‘ydagi tikuv buyumining andazalari asosida modelda
tavsiya qilingan qator razmer hamda bo‘ydagi andazalar komplektlarini 
loyihalash jarayoni andazalar gradatsiyasideyiladi. Bir xil razmer va bo'ydagi
tipaviy qomatlar tanasining tuzilishi har xil to‘lalik guruhida farqlanadi, shu 
bois gradatsiya bir to'lalik guruhi ichida razmer va bo'ylar bo'yicha alohida-
alohida ishlanadi, lekin to'lalik guruhlari bo'yicha andazalar ko'paytirilmaydi.
Andazalar gradatsiyasi tipaviy qomatlar o'lchamlarining o'zgaruvchanligi bilan
bogiangan bo'ylararo hamda razmerlararo orttirmalar yordamida amalga oshiriladi. 
Andazalar gradatsiyasi dastlabki andazalar komplektidan tashqari 
andazalar nomerlarini olish jarayonini osonlashtiradi va tezlatadi. Lekin, ayni 
holda, noto‘g‘riliklar yuz berishi tufayli chetdagi razmerlar konstruksiyasida 
qomatda kiyim o'rnashuvining sifati pasayishi mumkin. Shu bois gradatsiya 
paytida konturi o'zgartirilgan barcha bo‘y va razmerdagi andazalar silueti va
proporsiyasining bazaviy razmer va bo‘y bo'yicha etalonga mosligi asosiy 
talablardan biri hisoblanadi. 
Andazalar konturi o'zgartirilganda asosiy konstruktiv nuqtalar razmerlararo 
yoki bo'ylararo orttirmalar qiymatiga suriladi. Ushbu nuqtalami birlashtiradigan 
chiziqlar ham ularga mos ko'chiriladi. Gradatsiya jarayoni qator omillar ta’siri 
ostida o'tadi. Gradatsiya nazariyasi ta’sir etuvchi omillami va ulaming 
o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganishga asoslangan. 
Andazalar gradatsiyasining jarayoniga ta’sir etuvchi e’tiborli omillar 
qatoriga o'lchamlar o'zgaruvchanligi, konstruksiyani hisoblash formulalarining
tuzilishi, andazalar gradatsiyasida dastlabki o'qlarga nisbatan konstruktiv 
nuqtalarning surilish qiymatini hisoblash usuli, buyumning bichimi va 
materialining xususiyatlari kiradi [5]. 

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin