Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


-rasm.Gavdan o‘lchov olish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

4-rasm.Gavdan o‘lchov olish. 
Maktabgacha yoshdagi qizchalardan o'lchov olganda bеl aylanasi, lif oldi va 
lif orqasining uzunligi o'lchanmaydi,chunki bu yoshdagi qizchalarning ko'ylagi 
odatda kokеtkali qilib tikiladi. 
Maktab yoshidagi qizlar ko'ylagining bеli kеsilgan bo'ladi, shunga ko'ra 
chizma chizish uchun lif oldi va lif orqasnning uzunligini o'lchash kеrak. 
Yetakchi o`lchovlar. 
 Gavda o‘lchamlari va o‘lchash asboblari. 
Bolalar tanasining shakli va o‘lchamlari o‘sish davrida doimo o‘zgarib 
turadi. Ayniqsa, gavda mutanosibligida keskin farqlar sezilarli bo‘ladi (5-rasm). 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning bosh uzunligi tana uzunligining 1/4 qismini tashkil 
qilsa, o‘va alohida tarqoq komponentlarni bir butunlir bolalarda esa 1/8 qismiga 
teng. Chaqaloqlarda bo‘yin kalta, qorin chiqqan va uzun, oyoq qo‘lga nisbatan 
kalta bo‘ladi. Bolalarni o‘sish davrida gavda qismlari bir tekisda rivojlanmaydi. 
Qo‘l va oyoqlar tez o‘sadi, o‘smirlik davriga kelib oyoq 5 marta, qo'1 4 marta 
uzaygan bo‘ladi. Tana qismi esa sekinroq o‘sadi. o‘smir yoshiga kelib tana 3 
marta, bosh qism esa 2 marta kattalashgan bo‘ladi. Bolalarda bo‘yning o‘sishi 5-7, 
10-11, 13-16 yoshlarda juda sezilarli bo‘ladi.



yoshgacha. 1-3 yosh. 4-7 yosh. 9-10 yosh. 12-14yosh . 16-yosh. 
 
5-rasm. Bolalar gavdasining proporsiyasi 
Yosh bolalarda muskullar kam rivojlangan, yuz terilari yumshoq, teri silliq, 
yonoqlari dumaloq shaklda bo‘ladi. 
Ko‘plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni loyihalash va asosiy baza asoslarini 
ishlab chiqish uchun maishiy xizmat tizimidagi loyihachiga standart jussalar, ya’ni 
mamlakatning jami aholisiga xos jussalar o‘lchamining mukammal xarakteristikasi 
kerak bo‘ladi. Bu ma'lumotlarni antropometrik tekshirish, ya’ni insonning 
gavdasini va uning qismlarini o‘lchash yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Bu ish 
antropometriya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning 
muayyan nuqtalari-antropometrik nuqtalar oralig‘i yoki yumshoq gazlamada aniq 
bilinib, ko‘rinib turadigan chegaralar, teridagi o‘ziga xos nuqtalar bo‘yicha 
o‘lchanadi.

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin