4-ilova
5-ilova
5-mavzu: Bolalarning razmer tipologiyasini tuzish xususiyatlari.
Reja:
1.Razmerlar tipologiyasi.
2.Terma xususiyatlari va tarkibi.
3.Bolalar razmerlari tipologiyasi tuzilishining xususiyatlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
razmerlar tipologiyasi, tip,ommaviy, unifikasiyalash,
antropologik standartlar, import,
arifmetik qiymatlar, terma xususiyatlar,
yetakchi,
bo‘ylar guruhlari.
Razmerlar tipologiyasi
- tiplar
soni awaldan belgilangan holda, ommaviy
tarzda tayyorlangan kiyim bilan aholini yuqori darajada
qoniqtiradigan erkaklar,
ayollar va bolalaming unifikasiyalashtirilgan tipaviy qomatlarining tuzilishi.
Razmerli tipologiyaning ilmiy asoslari va katta yoshli aholiga mansub
bo'lgan razmerli antropologik standartlar ilk bor 1960-yilda
Moskva Davlat
Universiteti qoshidagi Antropologiya ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 1956-
1957-yillarda o‘tkazilgan ommaviy antropometrik o'lchashlar materiallari
asosida tuzilgan.
Keyinchalik 60-yillarning oxirida yangi o‘lchashlar o‘tkazishga
zaruriyat
paydo bo‘ldi. Uning asosiy sababi o‘zaro iqtisodiy yordam kengashi doimiy
komissiyasining ushbu kengashga a'zo bo‘lgan davlatlar uchun yagona o ‘lchamli
tipologiya yaratish to ‘g‘risidagi qarori bo‘ldi.
Yangi o‘lchashlar o‘tkazishning asosiy maqsadi
yuqorida zikr etilgan
davlatlar aholisining ishlab chiqarishdagi ichki bazadan hamda import tayyor
kiyimlardan qoniqqanlik darajasini ko‘tarishda bo‘ldi. Yangi o‘lachashlar
o‘tkazishning ikkinchi sababi aylanali o‘lchamlarning (ayniqsa ayollarda) va
bo‘y uzunligining (ayniqsa katta yoshli aholining kichik yoshli guruhlarida)
o‘rtacha arifmetik qiymatlari o'sishida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lishidadir.
Antropometrik o'lchashlar yagona dastur va uslub bo‘yicha o ‘tkazildi.
Har bir
davlatda 18 yoshdan 60 yoshgacha 1,5 mingta ayol va erkaklar o‘lchandi. Jami
katta yoshli aholidan 21 ming kishi o‘lchandi.
Dostları ilə paylaş: