5-ilova
7-mavzu: Modelning eskizi. Mаktаbgаchа yoshdаgi qiz bolalar shimi
konstruktsiyasini qurish uchun kerаkli o‘lchаmlar
Reja:
1. Bolalar shimi turlari
2.Shimlarning shakli va bichimi.
3. Bolalar shimi uchun o‘lchov olish
Tayanch so‘z va iboralar:
ish, sport bilan shug‘ullanish, dam olish uchun, kundalik
— ishda va uyda kiyiladigan, ko‘chalik, sport va maxsus ishlarga mo‘ljallangan
Yoshlarni sevib kiyadigan kiyimlaridan biri shim hisoblanadi. Shimlar
kostyumning bir qismi yoki alohida kiyim bo'lib xizmat qiladi.
Shim – ish, sport bilan shuhullanish va dam olish uchun qulay kiyimdir.
Shimning modellari juda xilma-xildir. Vazifasiga ko'ra shimlar kundalik – ishda va
uyda kiyiladigan, ko'chalik, sport va maxsus ishlarga mo'ljallangan bo'ladi.
Shimning uzunligi, kengligi modaga asosan o'zgarib turadi. Shimlar butun uzunasi
bo'ylab kyeng yoki ma'lum joylari (bo'ksa, tizza pochasi) kengaygan bo'lishi
mumkin. Masalan:
son qismi kengayib, pocha toraygan
shimlar banan shimlar
deyiladi.
Aksincha, ya'ni
son qismi tor, pocha qismi kyeng bo'lsa,
kengaygan
shimlar, baravar kengaysa sharvarlar deyiladi. Boldirgacha uzunlikdagi shim golf,
tizzagacha bo'lsa bermudi, songacha uzunlikda bo'lsa shortik deyiladi. (1 -rasm).
1-rasm, Shimlarning shaklva bichimlari, a) golf (uzunligi boldirgacha), b)
bermudi, v) shorti, v) banan, g) galife.