197
1947 yilda o’zining FKK loyihasini joriy qildi, 1951 yilda“Kellogg” firmasi
o’zining “Orthoflow V” jarayonini ishga tushirdi. Bular kompakt bloklar bo’lib,
ularda reaktor “UOP” jarayonida regenerator ustida joylashgan edi, va aksincha,
“Orthoflow V” jarayonida reaktor regenerator ostida joylashgan bo’lib, unda ilk
marotaba jihozlar ichida katalizator tashuvchi to’g`ri chiziqli mo’rilari
ishlatilgan edi.
1962 yilda jahon bozoriga yangi sintetik, seolit - saqlagan “Durabead-5”
kreking katalizatori chiqarildi. Bu avvalgi amorf alyumosilikat katalizatori
barcha turlariga nisbatan ancha faolroq va selektivroq
kristallik katalizator
bo’lgan. Unda krekingda kamroq vodorod, quruq uglevodorod gazi va koks
chiqqan bo’lib, bu so’nggi bo’lmagan uglevodorodlar miqdori 2 marta kichik,
oktan soni esa ancha yuqori benzin fraksiyasi chiqishini oshirardi. 1962 yildan
boshlab katalitik kreking texnologiyasida yangi bosqich va reaktor bloklarining
printsipial yangi konstruktsiyalari paydo bo’ldi. Eng jiddiy farqi bo’lib
krekingni lift-reaktorda o’tkazish
, ya’ni katalizatorning
tez qaynar qatlamida
xom-ashyo bilan aralashmada transport-yuk ko’targichda o’tkazish amalga
oshirilishi hisoblanadi. 1971 yilda kreking jarayoni deyarli butunlay yuk
ko’targichda o’tadigan reaktorli blokli birinchi qurilma ishga tushirilgan (All
Riser Cracking ili Transfert Line Cracking).
Ko’pchilik qurilmalar mavhum suyultirilgan katalizatorli kichik reaktor zona,
separatsion zona va bug`latish zonasidan iborat kichik o’lchamdagi an’anaviy
reaktor va lift-reaktor oraliq texnologiyasidan foydalanadi. Bu turli xom-
ashyoda reaktor bloki ishida katta texnologik moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
1970-yillarda eski jihozlar rekonsruktsiyalanib, FKK
qurilmalarining turlicha
yangi loyihalari joriy etilib, ularda mikrosferik seolit-saqlagan katalizator yangi
modifikatsiyalariga nisbatan bir qator muhandislik yechimlari qo’llanildi. Turi
loyihalarning o’ziga xosliklari va farqliklari katta emas, va asosan
qo’yidagilardan iborat bo’lgan: faqat lift-reaktordagi kreking, faqat ikkita lift-
reaktordagi kreking, kreking asosan lift-reaktorda o’tkaziladi, biroq zich
fazada
kichikroq “an’anaviy” reaktor mavjud.
198
Yirik firmalar ham o’zlarining jarayonlarini joriy qilishgan: “Esso” 1970
yilda - model IV (1952 g.) modifikatsiyasi, katalizator uchun U-simon transport
liniyalari, lift-reaktor va katalizatorning zich qaynar qatlami mavjud; “Esso”
Flexicracking 1972 yilda - kreking faqatgina lift-reaktorda o’tkaziladi; “UOP”
1972 yilda–faqat lift-reaktor, va unga xom-ashyo uzatilishiga va retsiklga ega;
“Kellogg” 1972 yilda - model “Orthoflow S” xom-ashyo uchun lift-reaktor va
retsikl uchun boshqa lift-reaktor, shuningdek an’anaviy reaktor; “Kellogg” 1973
yilda–“Orthoflow” modellaridan
farqlanuvchi yangi konseptsiya, bitta kuchli
lift-reaktorga ega, katalizator bevosita bug`latish sektsiyasiga bo’shatiladi,
regeneratorda ikkita bosqich, katalizator liniyalari uchun maxsus klapanlar;
model «Texaso» 1972 y. – xom-ashyo uchun lift-reaktor va retsikl uchun
boshqa lift-reaktor (birinchi bosqich), undagi kreking
kichik reaktorning zich
qatlamida tugaydi (ikkinchi bosqich); model “FCC-Gulf” (1972 y.) – xom
ashyoning butun krekingi lift-reaktorda o’tkaziladi, bunda turli xom-ashyo
uchun reaktsiya turli vaqtini boshqarish uchun balandligi bo’yicha xom-ashyo
kiritiladi; “Standard Oil” firmasining “Ultracat Cracking” jarayoni (1973 y.)
xom-ashyo va retsikl uchun bitta kuchli lift-reaktor, shuningdek uglerod oksidni
98% gacha yondirish bilan katalizator regeneratsiyasi yangi texnologiyasini
ishlatadi.
Yangi katalizatorlarga o’tishda murakkam masala bo’lib, misol uchun,
lift-
reaktorda
Dostları ilə paylaş: