84
7.3. Dizel yoqilg`isini gidrotozalash.
Jarayon qo‘zg‘almas qatlamli alyumokobaltmolibdenli
katalizatorlar
ishtirokida o‘tkaziladi. Dizel yoqilg‘isini gidrotozalash qurilmasi texnologik
sxemasi 7.3-rasmda keltirilgan. Xom-ashyo 1-nasos yordamida berilib, 16-
kompressordan kelayotgan vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtiriladi.
Aralashma 6 va 4- issiqlik almashgichlarda isitilgandan so‘ng 2- quvurli pechga
380-425
0
S haroratgacha qizdirilib 3- reaktorga beriladi. Aralashmani reaaktorga
kirishdagi va chiiqishdagi haroratni farqi 10
0
S dan oshmasligi kerak. Reaktsiya
mahsulotlari
reaktordan
chiqib
4,
5
va
6-issiqlik
almashgich
va
barqarorlashtirish kolonnasi
xom-ashyosiga beriladi, 160
0
S gacha soviydi. Gaz
mahsuloti aralashmasi 7-havoli sovutgich va 8-suvli sovutgichda 38
0
S gacha
sovutiladi.
Beqaror
gidrogenizat
yuqori
bosimli
9-separatorda
sirkulyatsiyalanuvchi gazdan ajratiladi. Gidrogenizat separator pastidan
chiqarilib 10- issiqlik almashtirgichda 240
0
S
gacha isitilib, keyin 5-issiqlik
almashgichdan o‘tib 11-barqarorlashtiruvchi kolonnaga kiritiladi. Ayrim
qurilmalarda gaz mahsuloti aralashmalari uchun yuqori haroratli separatsiyalash
o‘tkaziladi. Bunday hollarda aralashma 210-230
0
S haroratda,
yuqori bosimda
qizdiruvchi separatorda ajratiladi, ya’ni separatorda ajratiladigan suyuqlik
barqarorlashtirish kolonnasiga yuboriladi. Sirkulyatsiyalanuvchi
vodorod
saqlagan gaz 18- absorberda H
2
Sdan MEAning suvli eritmasi yordamida
tozalanib, 16- kompressor orqali tizimga qaytariladi. Suv bug‘i 11- kolonnaning
pastki qismidan kiritiladi. Benzin bug‘lari, gaz va suv bug‘lari 135
0
S
harorat
atrofida kolonna yuqorisidan chiqib, havoli sovutgich 12-ga tushadi, so‘ngra 13-
separatorda gazning suyuq aralashma qismi ajratiladi. Separatorda ajralgan
benzinning bir qismi 15-nasos yordamida 11-kolonna yuqorisiga sug‘orish
sifatida qaytariladi. Balans miqdori esa qurilmadan chiqariladi. Uglevodorod
gazlari esa 2- absorberda H
2
S dan tozalanadi. Gidrotozalangan mahsulot 11-
kolonna pastidan chiqariladi va 10-
issiqlik almashtirgichda, 14- havoli
sovutgichda sovutilib, 50
0
S haroratda qurilmadan chiqariladi.