110
M-4
3
(AS3p-6-selektiv tozalangan qovushqoqli qo`ndirmalar qo‘shilgan
avtol) moyi qishgi vaqtda shimoliy rayonlardagi avtomobillarda ishlatiladi.
Bazaviy
moy sifatida parafinli, oltingugurtli neftlardan chuqur parafinlangan va
selektiv tozalangan AU vereten moyi ishlatiladi. Tovar moyi oksidlanishni
oldini
oladigan, yuvuvchi, dispertsiyalovchi,
yemirilishiga qarshi, korroziyaga
qarshi qo`ndirmalar kompozitsiyasi va qovushqoqlikni
yaxshilovchi polimer
qo`ndirmalar saqlagan bo‘ladi.
Motor moylari uchun moylarni ishlatiladigan dvigatellari guruhi va
tipiga bog‘liq holda qo`ndirmalar kompozitsiyasi ishlab chiqilgan.
Dizel
dvigatellarida moylarni ishlash sharoiti, karbyuratorli
dvigatellari ishlash
sharoitidan og‘irroq bo‘lgani uchun dizel moylari qovushqoqligi yuqori bo‘ladi.
Tezyurar avtotraktor dizel dvigatelari uchun qishgi, yozgi va shimoliy quyuqroq
moylar, undan tashqari barcha fasllarga mos moylar ishlab chiqariladi. Ko‘pgina
dizel moylari SIATIM-339, AzNI-SIATIM-1, MNI IG-22 k, PMS-200 A va
boshqa qo`ndirmalr saqlaydi. Bu (M-10B
2,
M-16B
2
, M-20B
2
) moylarni distilyat
va
qoldiq
komponentlarni
aralashtirish
yoki
qoldiq
komponentlarga
qo`ndirmalar qo‘shish yo‘li bilan tayyorlanadi. Yuqori oltingugurtli yoqilg‘i
ishlatiladigan
kemalarda
ishlatiladigan
dvigatellarda
moylarni
ishlash
sharoitlarini og‘irligi sababli ularga 12-15% gacha qo`ndirmalar qo‘shiladi.
Porshenli aviatsiya dvigatellarining ishlash sharoiti (yuqori kuchlanish va
haroratda) o‘ziga xosligi tufayli ularda ishlatiladigan moylarga metall saqlagan
qo`ndirmalarni qo‘llash
man etiladi, chunki ular yonish kamerasida yonish
natijasida zolli qoldiqlar yig‘iladi, shuning
uchun bu moylarni chuqurroq
tozalash talab etiladi. Bunday dvigatelar uchun har xil markadagi qovushqoqligi
100
0
C da 14-22 mm
2
/s bo‘lgan MS-14, MS-20, MS-20 s va MK-22 markadagi
moylar ishlab chiqariladi.
Porshenli aviatsiya dvigatellari moylari asosan
qoldiq neft moylaridan
qo`ndirmalar qo‘shilmagan holda olinadi. Ularning xossalari quyidagi jadvalga
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: