152
hol bilan kurashishda ko’piklanishga qarshi qo`ndirmalar ishlatiladi, ular nafaqat
ko’pik hosil bo’lishining
oldini oladi, balki ular moyli-havoli kolloid tizimini
buza oladi.
Ko’piklanishga qarshi qo`ndirmalarning ta’sir
etish mexanizmi
moyli pardalarning yuzasida qo`ndirma molekulalarining adsorbtsiyasi tufayli
bu parda barqarorligining pasayishidan iborat.
Bu turdagi eng yaxshi
qo`ndirmalar bo’lib kremniy organik moddalar - silikonlar yoki polisiloksanlar
hisoblanadi. Moylarga ulardan juda kam miqdorda (0,1% miqdorida) qo’shiladi.
Ko’p funktsionalli qo`ndirmalar.
Yuqorida bayon etilgandan ko’rinib
turibdiki, neft moylariga yuqori ekspluatatsion xossalariga ega bo’lishi
uchun
ularga turli hildagi qo`ndirmalarning anchaginasini qo’shish kerak. Bu noqulay,
qimmat, bundan tashqari qator hollarda bir qo`ndirmalarning borligi bilan
to’xtatiladi. Shuning uchun bir vaqtning o’zida
moylarnig turli xossalarini
yaxshilovchi kompleks yoki ko’p funktsionalli qo`ndirmalar e’tiborga loyiqdir.
Ko’p funktsionalli qo`ndirmalar yo turli xil ta’sirli qo`ndirmalarning
aralashmasi yoki maxsus murakkab organik moddalar bo’lib hisoblanadi.