177
O’g’ir gazoyl
59,5
24,6
Koks
11,5
20,5
Yukli
6,3
11,5
Jami:
100
100
Koks tarkibida oltingugrtning yuqori bo’lganligini inobatga olib natijada
yonish mahsulotlarida dioksidning paydo bo’lishini oldini olish maqsadida
ushbu koksni gazlashtirish tavsiya etiladi. Chet el adabiyotlarida termokontaktli
kreking koksni gazlashtirish bilan birlashtirilgan
jarayonni fleksikoksing
deyiladi.
XIV- BОB. TERMIK KREKING JARAYONINING
SANOATDAGI QURILMALARI
14.1. Termik kreking haqida tushuncha, kreking vaqtida
uglevodorodlarning o‘zgarishi, xom-ashyo va olinadigan mahsulotlar.
Termodestruktsiya jarayonlari orqali neft va neft mahsulotlarini issiqlik
ta’sirida parchalanishi termik kreking deyiladi.
Jarayonlar uch bosqichda
o‘tkaziladi:
1.
Suyuq neft mahsulotlari va neft xom-ashyosini yuqori bosim ostida
(20-70 at) termokrekinglash (visbreking)
2.
Neft qoldiqlarini past bosimda termokrekinglash
3.
Suyuq va gaz holatidagi neft xom-ashyosini yuqori haroratda (450
0
C
dan 1200
0
C) piroliz qilish.
Yuqori bosimda olib boriladigan kreking 470-540
0
C
gacha nisbatan yengil
xom-ashyolarni (ligroin, mazut) qayta ishlab benzin olish uchun ishlatiladi. Neft
qoldiqlari - yarim gudron va gudronlarni qayta ishlashda asosiy mahsulot
sifatida qozonxona yoqilg‘isi olinadi. Bunday jarayon og‘ir qoldiq xom-ashyoni
yengil sharoitda bir karrali termik parchalanishidir.
Visbreking jarayoni xom-
ashyosi - neftni atmosferali haydashdan olingan mazut yoki vakuum gudronlari
hisoblanadi. Visbreking orqali xom-ashyoning
qovushqoqligi nisbatan
178
pasaytirilgan suyuq qozonxona yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun (1 variant),
yoki gidrokreking va katalitik kreking qurilmalari xom-ashyosi bo‘lgan gazoyl
ishlab chiqarishga yo‘naltirish uchun (2 variant) o‘tkaziladi.
Har ikkala
variantda ham yengil mahsulotlar gaz va benzin fraksiyalari hisoblanib, odatda
ularni chiqishi 3 va 8%dan oshmaydi(14.1-jadval). Visbreking qurilmasi
kompleks qurilmalar tarkibiga bir sektsiyali ko‘rinishda kiradi.
Masalan neftni
atmosferali haydash, atmosferali mazut visbreking gazoyl fraksiyasi uchun
visbreking mazutni vakuumli
haydash gazoyllarni ajralishi , kerosin chiqish
miqdorini oshirish maqsadida gazoyl aralashmalarini termik krekinglash.
Gudronlarni krekinglash jarayoni 460-500
0
C harorat, 1,4-3,5
MPa bosim
sharoitida o‘tkaziladi. Kreking jarayonida reaktsiya issiqlik yutilishi
(endotermik) bilan kechadi.
Dostları ilə paylaş: