17
investitsiyalar i.ch. isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni
tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy
bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (
qarang Multiplikator
nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta
solishtirma
hissasi va oʻsish surʼatlariga
qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning
koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli
investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini
kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va
ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi. Davlat tomonidan iqtisodiy
jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish,
imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga
bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat
shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi,
ishsizlik kamayib
boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib
boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq
foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns
nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib
kelmaydi. 3-6 % ishsizlik norma deb qaraladi va „toʻla bandlik“ sifatida talqin etiladi.
Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillari katta
taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa,
urush bilan
bogʻliq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan
keyingi tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya). 20-
asrning
70-yilarida
sanoati
rivojlangan
mamlakatlar
taraqqiyotida
ijtimoiy
yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi,
ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi
davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda
liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika,
Buyuk
Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va
iqtisodiy ahvol yaxshilandi. Keynschilik gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida
yanada rivojlantirildi.
Dostları ilə paylaş: